Buyuk Britaniya fuqarolari 2024 yilda Irlandiya fuqaroligini oliş uçun rekord darajada ariza berdi. Bu haqda mamlakat hukumati ma’lumotlariga tayanib Financial Times xabar berdi.

2024 yil yakunlariga köra, Foreign Births Register’ga 23 ming 456 ta ariza berilgan — bu undan oldingi yilga nisbatan 15 foizga köp. Qayd etilişiça, uşbu körsatkiç 2019 yilda Britaniya YeI tarkibidan çiqiş arafasida bölgan paytdagi rekorddan ham oşib ketgan.

Immigratsiya sohasidagi yuristlarning ma’lum qilişiça, uşbu holat Buyuk Britaniya iqtisodiyotining ahvoli yaxşi emasligi, siyosiy beqarorlik, YeIdan ajralib çiqiş turizmga «qattiq» ta’sir körsatayotgani, şuningdek, Yevropa Ittifoqidagi mehnat va şartnomalar böyiça çeklovlar bilan boğliq.

«Britaniyadagi noaniq siyosiy vaziyat nafaqat sabablardan biriga aylandi, balki yanada köproq odamlarni «B reja»ni qidirişni tezlaştirişga undadi. Bizningça, bunday arizalar soni faqat oşib boradi, çunki Britaniya iqtisodiyoti yoş avlod uçun tobora jozibadorlikni yöqotmoqda, nafaqaga çiqiş arafasida turganlar esa soliqlar oşişi ehtimolini tobora köproq payqayapti», — deydi RNL Solicitors yuridik firmasi vakili.