Taşrifning asosiy maqsadi Kuvaytdagi salohiyatli iş beruvçi va rekruting kompaniyalar bilan muzokaralar ötkaziş hamda Özbekistondan malakali işçi kuçini Kuvaytga jalb qiliş böyiça kelişuvlarga erişişdan iborat böldi.

Özbekiston delegatsiyasi safar davomida uşbu mamlakatning yetakçi Kuwait Agriculture Company, Gulf Care Trade,  AlJaber Group Holding, NBTC Group, Me Career, Brunel Energy Kuwait, Diversity Tech kompaniyalari va Courtyard by Marriott mehmonxonasi rahbarlari bilan samarali muzokaralar ötkazdi.

Uçraşuvlar davomida Özbekistondan malakali işçi kuçini jalb etiş, til va kasbiy öqitiş markazlarini birgalikda taşkil etiş, nomzodlarni tanlaş böyiça tanlovlar ötkaziş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş va boşqa masalalar muhokama qilindi.

Özbekiston vakillari kelgusida Kuvayt tomoni taqdim etgan talabnomalar asosida uşbu mamlakatga işlaşga xohiş bildirgan nomzodlar taqdim etilişini bildirdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar özaro hamkorlikni yölga qöyiş böyiça anglaşuv memorandumlarni işlab çiqiş va imzolaşga kelişib oldilar.