Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, bölajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Özbekiston—Pokiston strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va kengaytiriş masalalari örin olgan.

Özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, transport boğliqligini kuçaytiriş va tranzit salohiyatini röyobga çiqariş, yengil va çarm sanoati, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, elektrotexnika va iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş borasidagi qöşma rejalar diqqat markazida böladi.

Madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollaştiriş masalalari ham körib çiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşiladi.

Sammit yakunida Qöşma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.

Taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasida yetakçilar Özbekiston—Pokiston qöşma biznes forumida ham iştirok etadi.