Qöşma Ştatlar boy xorijliklarga «oltin kartalar» deb ataluvçi, Qöşma Ştatlarda yaşaş va işlaş huquqini beruvçi hamda Amerika fuqaroligiga yöl oçadigan kartalarni sotadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp 25 fevral, seşanba kuni Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, «oltin karta»ning narxi taxminan 5 million AQŞ dollarini taşkil qiladi.

«Biz oltin kartani sotmoqçimiz», deb öz veb-saytida davlat rahbarining sözlaridan iqtibos keltiradi CNN. «Sizda yaşil karta bor. Bu esa - oltin karta. Biz bu kartani taxminan 5 million dollarga baholaymiz va bu sizga yaşil karta imtiyozlarini beradi, plyus fuqarolikni oson oliş imkonini yaratadi. Boy odamlar bizning mamlakatimizga kelib, bu kartani sotib oladi».

«Oltin karta» EB-5 immigratsion vizalari örnini bosadi

AQŞ savdo vaziri Govard Lyutnikning tuşuntirişiça, oltin karta hukumatning EB-5 immigratsion vizasi dasturi örnini bosadi.

Trampning sözlariga köra, oltin kartalar savdosi ikki hafta içida boşlanişi mumkin. U millionlab kartalar sotilişini kutmoqda. «Huquqiy nuqtayi nazardan, bu mutlaqo qonuniydir», dedi AQŞ prezidenti.

«Rossiyalik oligarxlarga oltin kartalarni sotişga tayyormisiz» degan savolga Donald Tramp şunday javob berdi: «Ha, balki. Men juda yaxşi odamlar bölgan ba’zi rus oligarxlarini bilaman».