Vengriya Yevroittifoqning sanksiyalar röyxatidan sakkiz nafar rossiyalik çqarilişini talab qilmoqda — aks holda mamlakat sanksiyalarni uzaytirişga rozi bölmaslik bilan tahdid qilyapti. Bu haqda Reuters yevropalik diplomatlarga tayanib xabar berdi.
Agentlik manbasi gap aynan kimlar haqida ketayotganiga oydinlik kiritmagan.
Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto 24 fevral kuni Budapeşt Rossiyaning alohida fuqarolariga nisbatan sanksiyalarni uzaytirişga «şoşmayotgani»ni ma’lum qilgandi.
YeIning Ukrainaga qarşi boşlangan uruşdan keyin joriy etilgan Rossiyaga qarşi sanksiyalari har yarim yilda uzaytiriladi. Ularni uzaytiriş uçun blokka a’zo barça davlatlarning roziligi kerak. Vengriya Bryusseldan biror-bir masalada yon bosişni talab qilib, bir neça bor sanksiyalarning uzaytirilişiga veto qöyiş bilan tahdid qilgan. Ammo har safar Budapeşt ularning uzaytirilişini qöllab-quvvatlagan.
Jismoniy şaxslar va iqtisodiy sohaviy sanksiyalar bir-biridan alohida uzaytiriladi. Yanvarda Vengriya iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirmaslik bilan tahdid qilgandi — yakunda esa Budapeşt va Bryussel özaro kelişuvga erişdi. Uning doirasida Yevropa komissiyasi Vengriyani Ukraina orqali YeIga gaz tranzitini tiklaş böyiça muzokaralar tarkibiga kiritişga rozi böldi.








