Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi «Jahon bozori»da sodir bölgan yonğin yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 26 fevral kuni soat 20:10 da Andijon şahrida joylaşgan «Jahon» savdo kompleksida yonğin sodir bölayotgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tuşgan.
Xabarga köra zudlik bilan barça kuç va vositalar jalb etilgan, voqea joyiga şartnoma asosida navbatçilikda bölgan yonğin-qutqaruv ekipajlari yetib borganida tadbirkorlik sub’yektlariga tegişli bölgan dökonlarning birida yonğin sodir bölayotgani aniqlangan.
Öt öçiruvçilar tomonidan yonğin soat 20:35 da batamom öçirilgan.
Birlamçi ma’lumotlarga köra, tan jarohati holatlari qayd etilmagan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil yanvar oyida Andijon viloyati Şahrixon tumanidagi buyum bozorida yonğin sodir bölgandi. Öşanda yonğinni öçirişga 10 ta yonğin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.








