Tarmoqlarda poytaxtdagi xususiy maktabgaça ta’lim muassasalaridan birida tarbiyaçilar bolalarga nisbatan qöpol munosabatda bölgani aks etgan videolar tarqaldi.

Holat yuzasidan Repost.uz naşrining yozişiça, bunday vaziyat Mirzo Uluğbek tumanidagi “Tanzilandiya” xususiy bolalar boğçasida muntazam ravişda sodir böladi, bolalar kaltaklanadi.

Ma’lumotlarga köra, ota-onalardan biri farzandining xulq-atvoridagi özgarişlarni sezgan. Nima bölayotganini tuşuniş maqsadida farzandining öyinçoğiga ovozni yozib oluvçi moslamasini örnatib, bolani boğçaga yuborgan. Sakkiz soatlik audio yozuvda boğça tarbiyaçilari noxuş sözlar bilan gaplaşib, bolalarni bir neça bor kaltaklagani eşitilgani aytilmoqda.

Qayd etilişiça, şundan söng ota-onalar boğça direktoridan ololmagan kamera yozuvlarini IIBga borgaç körişgan. Unda tarbiyaçilar bolalarni sport zali, kiyiniş xonalari va faollar zalida kaltaklagani, ammo ota-onalar uçun video kuzatuv mavjud bölgan xonalarda tinç va xuşmuomalalik bilan muomalada bölgani körsatilgan. 

Holat yuzasidan Bolalar ombudsmanining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, şu yil 12 fevral kuni 7 nafar ota-ona tomonidan xususiy maktabgaça ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan farzandlarga nisbatan tarbiyaçilar qöpol munosabatda bölayotganligi bildirilib, qonuniy çora köriş böyiça murojaat qilingan.

“Hozirda holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Bolalarga nisbatan tan jarohati yetkazilganlik holatini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan”, – deyiladi izohda.

Ta’kidlanişiça, maktabgaça ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan 3 nafar tarbiyaçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan. Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom etmoqda, bu borada qöşimça ma’lumot berilişi aytildi.