AQŞ Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask supermilliarderlar reytingida peşqadamga aylandi. Bu haqda Altrata reyting kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Reytingga 24 nafar milliarder kiritilgan bölib, Mask 2025 yil fevral holatiga köra, 419,4 milliard dollar bilan dunyoning eng badavlat insoniga aylangan.

Bundan taşqari, reytingdan Amazon asosçisi Jyeff Bezos (263,8 milliard dollar), Fransiyaning haşamatli buyumlar işlab çiqaruvçisi LVMH egasi Bernar Arno (238,9 milliard dollar), Oracle Corporation dasturiy ta’minoti asosçilaridan biri Larri Ellison (237 milliard dollar) hamda Meta korporatsiyasi rahbari Mark Tsukerberg (220,8 milliard dollar) ham örin olgan.

Reytingning oltinçi poğonasi Google asosçilaridan biri hisoblangan Sergey Bringa nasib etdi — uning boyligi 160,5 milliard dollarga baholangan.

WSJ’ning qayd etilişiça, dunyoning eng badavlat 24 insonining jami boyligi 3,3 trillion dollarni taşkil etadi. Şu bilan birga, ularning 16 nafarining boyligi 100 milliard dollardan oşadi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabrida The Guardian amerikalik tadbirkor Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinçi dollardagi trillionerga aylanişi mumkinligi haqida yozgandi. Hisob-kitoblarga köra, Maskning boyligi yiliga örtaça 110 foizga ösmoqda.