Myunxen va Hamburg aeroportlarida kasaba uyuşmalarining taşabbusi bilan 27 fevral kuni ikki kunlik iş taşlaş boşlandi.
Qayd etilişiça, unda asosan yölovçilarning reysga çiqarilişida xizmat körsatadigan işçilar — axborot-texnik, aeroportlar xavfsizlik xizmati, yölovçilar nazorati va yuklarni tayyorlaş bölimlari xodimlari qatnaşmoqda.
Kattaligi böyiça Germaniyada ikkinçi örinda turadigan Myunxen aeroportida reyslarning qariyb 80 foizi bekor qilingan. Hamburgda aeroport rahbariyati parvozlar rejasini saqlab qolişga muvaffaq bölgan, ammo ayrim reyslar keçikişi mumkinligi aytilgan. Har ikkala aeroport ham yölovçilarga keçiktiriladigan yoki bekor qilinadigan reyslar böyiça ma’lumotlarni kuzatib borişni sörab, murojaat yöllagan.
Ta’kidlanişiça, iş taşlaşlar davlat xizmatçilarining maoşlarini oşiriş maqsadida iş beruvçilarga bosim qiliş uçun taşkil etilgan. Aviakompaniyalar uşbu muzokaralar iştirokçisi hisoblanmasa-da, yölovçilar aviaçiptalarini bekor qilişlari ortidan ular ham zarar köradi.








