2025 yilda muborak Ramazon oyining boşlanişi 1 mart kuniga töğri keladi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi taqdim etgan axborot prezident farmonida e’lon qilindi.
Farmonga muvofiq, Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda ötkazişga doir çora-tadbirlar amalga oşirilişi belgilandi.
“Uşbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bağrikenglik oyi” ğoyasi asosida:
- ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yölida izlanayotgan yoşlarga yordam beriş böyiça taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga;
- oilaviy riştalarni mustahkamlaş, mahallalarda özaro tuşuniş va işonç muhitini kuçaytiriş hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etişga;
- atrof-muhitni asraş, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlaştiriş, köçatlar ekişga hamda Ramazon oyi bilan boğliq tadbirlarda me’yorga amal qiliş va isrofgarçilikka yöl qöymaslikka alohida e’tibor berilsin”, – deyiladi hujjatda.








