Avgust oyi boşi uçun juda issiq kelgan dam oliş kunlaridan söng, Özbekiston hududi böyiça harorat foni biroz pasayadi, deya xabar berdi Özgidromet.

Uşbu iş haftasi davomida havo harorati +35…+38 darajadan +32…+35 darajagaça özgarib turadi. Faqat respublikaning eng çekka janubida bugun kunduzi havo harorati +40…+43 daraja, 4–7 avgust kunlari +38…+40 daraja atrofida böladi.

Bu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda özgaruvçan bölib, yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat respublikaning toğli hududlarida, şuningdek, 4 avgust kuni Farğona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

Toşkent viloyati hamda Farğona vodiysi viloyatlarining toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

3–5 avgust kunlari respublikaning ayrim joylarida şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ba’zi joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Toşkent şahrida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati 3 va 6–7 avgust kunlari +35…+38 daraja, 4–5 avgust kunlari +33…+35 daraja böladi, keçalari +20…+23 daraja atrofida böladi.

Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 metr/soniyagaça, 4 avgustda 12–15 metr/soniyagaça kuçayadi, şaharning ayrim joylarida çang-tözonlar bilan kuzatiladi.