Ukrainaning Odessa şahrida 32 yoşli erkak Hududiy komplektlaş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş markazi harbiy xizmatçilariga qarata öq uzdi. Bu haqda Odessa viloyati politsiyasi hamda mahalliy naşrlar ma’lum qildi.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, hodisa safarbarlik tadbirlari davomida sodir bölgan. Erkak markazning tuman bölimi xodimlari tomon bir neça marta Flober pistoleti (öq-dorisiz işlaydigan kiçik kalibrli öquv revolveri)dan öq uzgan.

Otişma oqibatida tört kişi turli darajada jarohat olgan. Ulardan biri orqa qismiga oğir jarohat yetkazilgani sababli şifoxonaga yotqizilgan.

Markaz rasmiy bayonotiga köra, hodisa harbiy xizmatçilar öz xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda yuz bergan.

Hodisadan söng politsiya gumonlanuvçini qölga oldi. Unga nisbatan Ukraina Jinoyat kodeksining Qurolli kuçlar va boşqa harbiy tuzilmalarning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilişga oid moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar qöllangan qurolni ekspertizaga yuborgan bölib, hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.