Rossiyada patentning hududiy doirasi Moskva va Sankt-Peterburgda işlayotgan mehnat migrantlari uçun kengaytirilişi mumkin. «Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati töğrisida»gi qonunga tegişli özgartirişlar Rossiya Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.
Qayd qilinişiça, poytaxt va unga qöşni hududlarda migrantlar bitta patent böyiça işlaşi mumkinligi reja qilinmoqda. Öz navbatida, bir hududda faoliyat yuritayotgan iş beruvçi boşqa hududda patent olgan xorijiy fuqarolarni işga oliş imkoniyatiga ega böladi. Ya’ni, Moskvada berilgan patent bilan Moskva viloyatida işlaş mumkin böladi va aksinça, Moskva viloyatida berilgan patent bilan Moskvada işlaş mumkin böladi. Şuningdek, bu Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatiga ham joriy qilinadi.
Yangi tartib 2025 yil 1 sentabrdan kuçga kirişi kutilmoqda.
Migrantlar uçun patent vizasiz davlatdan kelgan çet el fuqarosiga (xususan, Ozarboyjon, Tojikiston, Özbekiston, Moldova, ya’ni YeOII davlatlaridan taşqari) Rossiya hududida işlaşga ruxsat beruvçi hujjatdir. Bugungi kunda patentlar «bitta patent - bitta mintaqa va bitta kasb» tamoyili asosida beriladi.
Xöjalik yurituvçi sub’yektlar köpinça xorijlik işçilarga bir vaqtning özida ikkita patent beriş zaruratiga yöliqmoqda. Şu bilan birga, ikkita patent oliş tartibi «xorijiy fuqarolar uçun katta vaqt va moliyaviy xarajatlar bilan boğliq», deyiladi tuşuntiriş xatida.
«Federal qonun loyihasining qabul qilinişi korxonalar uçun xarajatlarni kamaytiradi va çet ellik işçilar bilan iş beruvçilarga ularning mehnatidan foydalangan holda ma’muriy bosimni yengillaştiradi», deb hisoblaydi Moliya vazirligi. Boşqarmaning işonçi komilki, bu ham mehnat resurslarining harakatçanligini va çet el fuqarolari uçun patentning jozibadorligini oşiradi.








