AQŞ va Ukraina prezidentlari Donald Tramp hamda Volodimir Zelenskiy 28 fevral kuni Vaşingtonda uçraşişdi. Bu uçraşuv Oq uydagi Oval kabinetda bölib ötdi. Uçraşuv boşida ular foydali qazilmalar böyiça kelişuvni imzolamoqçi ekanliklarini xabar qilişdi. Tramp jurnalistlarga bu hujjat «AQŞning katta majburiyati» bölişini aytdi. «Va biz nodir yerosti metallarining bir qismini oliş uçun qaziş, qaziş, qaziş va işlaşni boşlaş imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqdamiz», — dedi Tramp. Zelenskiy, öz navbatida, «bu hujjat Ukraina uçun oldinga qadam bölişi»ga umid bildirdi.
Uçraşuvda Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «qotil va terrorçi» deb atadi va Trampga «qotil bilan murosa bölmasligi kerak»ligini aytdi. Zelenskiy Trampga ukrainalik harbiylarning Rossiya asirligidan qaytganidan keyin çop etilgan suratlarini körsatdi.
Zelenskiy uçraşuvda Ukrainaga «öt oçişni töxtatiş»ning özi yetarli emasligi, çunki «Putin uni 25 marta buzgani»ni bildirdi. Bunga javoban Tramp tomonlar tinçlik kelişuviga erişsa, uruş tugaşini aytdi. «Rossiya [uruşga] qaytişni istamaydi, heç kim qaytişni istamaydi», — dedi Tramp. Şuningdek, u Vaşington Rossiya-Ukraina uruşini tugatiş böyiça «bitim parametrlarini işlab çiqişni boşlagani»ni qöşimça qildi.
45 daqiqa davom etgan uçraşuv yakunida Zelenskiy, Tramp va AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens örtasida dahanaki janjal kelib çiqdi. Uçraşuv videosiga köra, Vens Zelenskiyni Ukraina prezidenti AQŞ va Trampga hurmatsizlik qilayotganlikda ayblagan. «Janob prezident, hurmat bilan. Menimça, Oval kabinetga kelib, Amerika naşrlari qarşisida söroq qilmoqçi bölganingiz hurmatsizlikdir», — dedi AQŞ vitse-prezidenti.
Zelenskiy e’tiroz bildirmoqçi bölganida, Tramp şunday dedi: «Sizning holatingiz yaxşi emas. Hozir sizlarda kuzir yöq... Siz millionlab odamlarning hayoti bilan öynaşyapsiz... Siz uçinçi jahon uruşi bilan öynaşyapsiz», — degan Tramp.
«Siz mamlakatimizga hurmatsizlik qilyapsiz», — dedi Tramp Zelenskiyga. AQŞ prezidenti Zelenskiyning «Amerika nimani his qilişini aytiş»ga haqqi yöqligini ta’kidladi. «Siz uruş boşlanganidan beri noqulay şaroitdasiz», — dedi AQŞ prezidenti. «Minnatdor bölişingiz kerak. Odamlar ölmoqda, sizlarda harbiylar yetişmayapti. Men öt oçişni töxtatişni xohlayman yoki xohlamayman, deb ayta olmaysiz», — deb qöşimça qilgan Tramp.
Bahs davomida Tramp Ukraina Rossiya-Ukraina uruşini hal qilişga rozi bölişi kerakligini aytdi. «AQŞsiz ham kuç pozitsiyasidan harakat qila olasizmi? Odamlaringiz dovyurak. Yoki biz bu kelişuvni amalga oşiramiz. Yoki siz kelişuvdan çiqasiz. Oğir bölişini, qiyin bölişini tuşunaman. Lekin qölingizda kuzir yöq. Biz kelişuvni imzolaganimizda, siz eng yaxşi holatda bölasiz. Lekin minnatdorçilik bildiriş kerak. Siz esa bunday qilmayapsiz. Bu unçalik yaxşi emas. Bu siz tomondan unçalik yaxşi emas», — dedi Tramp Zelenskiyga.









