Andijon, Navoiy va Toşkent viloyatlarida hamda Qoraqalpoğistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari foş etilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Asaka va Andijon tumani bölimlari va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro A.E. va “T.D.” oilaviy korxonasi mas’ul şaxslari yaşaş xonadoni va korxonaga qaraşli oşxonada umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, jami 418,2 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Şu kabi, departamentning Qibray tumani bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda K.T. “Obod” MFY hududidagi issiqxonasida umumiy foydalanişdagi tabiiy gaz tarmoğiga yer osti orqali yaşirinça ulanib, 240,9 sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Navbahor va Baliqçi tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvlarda fuqarolar M.D. va I.O. özlarining xonadonlarida özboşimçalik bilan gaz tarmoğiga töğridan-töğri ulanib, 275,1 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan. 

Departamentning Amudaryo tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro F.A. xonadonida özboşimçalik bilan elektr tarmoğiga ulanib, 106,4 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.