2024 yil davomida ötkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş böyiça 8 ming 289 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda «Özenergoinspeksiya» ma’lum qildi.

Uşbu qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1 trillion 409 milliard söm zarar yetkazilgan. Jumladan, elektr energiyasi böyiça 730,1 mlrd söm ( 91 ta mayning fermasi, 184 ta AGTKŞ, 1422 ta suv nasosi) va tabiiy gaz böyiça 679,1 mlrd sömlik (57 ta AGTKŞ, 64 ta issiqxona, 5 ta oxak sexi) energiya resurslari talon-toroj qilingan. Qoidabuzarlikka yöl qöygan 51 ta AGTKŞ litsenziyasi bekor qilingan.

Şuningdek, iste’molçilar tomonidan energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarliklar böyiça 9 ming 84 ta ma’muriy iş rasmiylaştirilgan.

AYoQŞ va korxonalardan olingan tahlil namunalaridan 189 ta holatda 5 mln 348 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga çiqarilişi oldi olingan.

Quvvati 50 kVt va undan yuqori bölgan iste’molçilarga berilgan körsatmalar davomida 25 ming 730 ta iste’molçida reaktiv energiyasini kompensatsiya qiliş böyiça qurilmalarni örnatilişi ta’minlangan. Natijada 26 ta nimstansiya va 671 ta tarmoqda quvvat koeffitsiyenti kötarilişiga erişilgan. Şuningdek, berilgan körsatmalarni bajarmagan 1 ming 523 ta iste’molçiga ma’muriy bayonoma tuzilgan.