Oq uyning Oval kabinetida prezident Zelenskiy, AQŞ prezidenti Tramp va vitse-prezident Vens örtasidagi keskin tortişuvdan bir kun ötib, Ukraina yetakçisi Londonda iliq kutib olindi.
U Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer tomonidan taşkil etilgan Yevropa yetakçilari sammitida iştirok etdi va şundan söng Sandringhemdagi qarorgohda qirol Çarlz III bilan uçraşdi.
Yevropa yetakçilari nimalar böyiça kelişib oldi?
Sammitning asosiy maqsadi «uruşni qanday töxtatiş rejasi»ni işlab çiqiş edi, dedi uning taşkilotçisi, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer.
Uning sözlariga köra, bu reja keyinçalik Qöşma Ştatlar bilan muhokama qilinadi, keyin esa «birgalikda amalga oşiriladi».
Uçraşuv iştirokçilari quyidagi 4 qadam böyiça kelişib olgan:
- Uruş ketayotgan paytda Ukrainaga harbiy yordam körsatişni davom ettiriş va Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuçaytiriş;
- Har qanday mustahkam tinçlik Ukraina suvereniteti va xavfsizligini ta’minlaşi hamda Ukraina muzokaralar stolida bölişi kerak;
- Agar tinçlik kelişuvi tuzilsa, Yevropa yetakçilari kelajakda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga yöl qöymaslikka harakat qiladi;
- Ukrainani himoya qiliş va mamlakatda tinçlikni ta’minlaş uçun «köngillilar koalitsiyasi» tuziladi.

Kir Starmer, şuningdek, Buyuk Britaniyaning Yevropa davlatlarining sa’y-harakatlarini «quruqlikda etiklar va havoda samolyotlar bilan» qöllab-quvvatlaş majburiyatini tasdiqladi.
U «Yevropa qattiq ter tökişi kerakligi»ni ta’kidladi, şu bilan birga, kelişuv AQŞ kömagiga muhtojligini eslatib şunday dedi: «Şuni aniq aytişim kerakki, biz zudlik bilan mustahkam tinçlik örnatiş zarurligi borasida Tramp bilan hamfikrmiz. Endi buni birgalikda amalga oşirişimiz kerak».
«Men AQŞ — işonçsiz ittifoqçi ekani haqidagi fikrlarga qöşilmayman, biz kabi bir-biri bilan bunday yaqin aloqada bölgan ikki davlat yöq», — dedi boş vazir OAV savollariga javob berarkan. Uning sözlariga köra, sammit iştirokçilari «bu AQŞ bilan birgalikda va AQŞ kömagida işlab çiqilayotgan reja» ekanini yaxşi bilişadi. «Aynan şuning uçun keça keçqurun Tramp bilan gaplaşdim», — deydi u.











