Şimoliy Koreya qöşini katta yöqotişlar tufayli Kursk oblastidagi harbiy harakatlarda iştirok etmayotganga öxşamoqda, deb xabar berdi AFP Janubiy Koreya razvedkasiga asoslanib.
«Aftidan, Rossiyaning Kursk oblastiga joylaştirilgan şimoliy koreyaliklar qöşini yanvar örtalaridan buyon harbiy harakatlarda qatnaşmayapti», — deya Janubiy Koreya milliy razvedka xizmati (NIS) bayonotidan iqtibos keltirgan agentlik.
Ötgan haftada New York Times gazetasi Amerikadagi va Ukrainadagi manbalariga asoslanib, KXDR harbiylari katta yöqotişlar tufayli Ukrainadagi front çiziğidan olib ketilganini xabar qilgandi.
Naşr xabarida ular ikki haftadan buyon, ya’ni yanvar örtalaridan buyon oldingi çiziqda köriniş bermayotgani aytilgandi.
Ukrainalik manbaning aytişiça, KXDR harbiylari orasida yöqotişlar ortişiga ularning saflarida kuzatilgan tartibsizlik va rus bölinmalari bilan muvofiqlik yöqligi sabab bölgan. Ular jang maydoniga yetib kelganidan beri öz holiga taşlab qöyilgan, kam sonli zirhli texnikalar yordamida harakatlangan va kamdan kam hollarda qayta guruhlaniş uçun töxtagan.
Şimoliy Koreya harbiylari oğir yöqotişlar sabab front çiziğidan olib ketilgani töğrisida 27 yanvar kuni Sky News ham Ukraina maxsus kuçlari komandiriga tayanib xabar bergandi. Uning taxminiça, KXDR askarlari «ukrainalik harbiylar bilan dastlabki töqnaşuvlarga yöl qöygan xatolaridan xulosa çiqarmoqda yoki yaradorlarga qarayapti yoki qöşimça kuçlarni kutmoqda».
Amerikalik amaldorlarning hisoblaşiça, Şimoliy Koreya qöşini front çiziğidan olib ketilişi vaqtinça qaror bölişi ham mumkin. Ularning sözlariga köra, KXDR askarlari qöşimça tayyorgarlikdan ötganidan keyin yoki Rossiya qöşinlari köplab yöqotişlardan qoçiş uçun uşbu bölinmalarni joylaştirişning yangi usulini topgaç frontga qaytişi mumkin.
Kursk oblastida mingga yaqin şimoliy koreyalik halok bölgan
Ğarb rasmiylari ma’lumotlariga köra, yanvar oyi örtalariga kelib Kursk oblastidagi Şimoliy Koreya qöşinining jami yöqotişlari tört mingga yaqin bölib, şundan mingga yaqini halok bölgan.
BBC’ning xavfsizlik masalalari böyiça muxbiri Frenk Gardner qayd etişiça, Kursk oblastiga 11 mingga yaqin şimoliy koreyalik harbiy yuborilganidan kelib çiqilsa, bu juda yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Yöqotişlar halok bölganlar, yaralanganlar, bedarak yöqolganlar yoki asir tuşganlarni öz içiga oladi. Ğarblik rasmiylar anonimlik şarti bilan mingga yaqin harbiy xizmatçi janglarda halok bölganini xabar qilişgan. Bu juda köp yöqotiş va u Şimoliy Koreya kontingenti uçun yöl qöyib bölmaydigan miqdor, deya qayd etgan Gardner.









