Tenge24 ilovasida PIN-kodni özgartiriş jarayoni quyidagi bosqiçlardan iborat bölib bir neça daqiqa davom etadi:
• Tenge24 ilovasini oçing va Uzcard kartasini tanlang;
• “Boşqa xizmatlar” bölimiga öting va “ PIN-kodni özgartiriş” bandini tanlang;
• Eski PIN-kodni kiriting, yangi PIN-kodni esa ikki marta kiritiş orqali tasdiqlang.
Bu oddiy jarayon kartani boşqarişni yanada yengillaştiradi va eng asosiysi u barça ma’lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlaydigan zamonaviy şifrlaş texnologiyalari bilan töliq himoyalangan.
“Biz har doim foydalanuvçi tajribasini yaxşilaşga va mijozlarimiz uçun innovatsion yeçimlarni taqdim etişga intilamiz. Tenge24 ilovasi orqali PIN-kodni özgartiriş funksiyasining joriy etilişi foydalanuvçilarimizning qulayligi va xavfsizligini yaxşilaş yölidagi muhim qadamdir. Işonçimiz komilki, bu yangilik mijozlarimizga öz kartalarini oson boşqariş, vaqt va kuçni tejaş imkonini beradi”, — deb ta’kidladi Tenge Bank Boşqaruvçi Direktori, Boşqaruv a’zosi Madina Yusupova.
Tenge Bank kartalar va moliyaviy xizmatlar bilan işlaşni osonlaştiradigan va xavfsizlaştiradigan, bank bilan özaro aloqani esa yanada oson va işonçli qiladigan yangi xususiyatlarni işlab çiqişda davom etmoqda. Qayerda bölişingizdan qat’iy nazar, Tenge24 bilan Sizning moliyaviy operatsiyalaringiz doimo nazorat ostida.
Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barça toifadagi korporativ va çakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar körsatadigan universal bankdir. Bank Qozoğiston Xalq Bankining (Halyk Bank) şu’ba korxonasi hisoblanadi.
Halyk Bank Qozoğistondagi eng yirik tizimni taşkil etuvçi banklardan biri bölib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakçi moliya institutlaridan biri sifatida keng mijozlar bazasi va mavjudlik tarmoğiga ega.
Halyk Group çakana va korporativ mijozlarga, kiçik va örta biznesga bank xizmatlarining töliq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va Özbekistonda ham faoliyat yuritadi
Tenge24 ilovasi –











