Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini oliş böyiça işlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bağişlangan kengaytirilgan yiğiliş boşlandi.
Davlat rahbari sözining avvalida islohotlar hal qiluvçi bosqiçga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratiş böyiça işlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab oliş zarurligini ta’kidladi.
«Islohotlar yölidagi eng katta tösiq va ğov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham töliq tasdiqlaydi.
Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar körayotgani bu global xavf ekanidan dalolat.
Korrupsiya şunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga işonçiga putur yetkazadi, barqaror rivojlaniş va xavfsizlik uçun jiddiy tahdidga aylanadi», - dedi prezident.
Mamlakatda korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş böyiça aniq tizim yaratildi, alohida qonunlar qabul qilingani ta’kidlandi.
Parlament palatalarida mas’ul qömitalar, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy kengaş va agentlik taşkil qilindi.
Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatçilik muhokamasiga olib çiqadigan oçiq tizim, oçiq muhit yaratilgani, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi örni va ta’siri ortib borayotgani qayd etildi.
Ilgari bu mavzu jurnalistlar uçun mutlaqo yopiq edi. Hozirgi vaqtda mavjud holat oçiqlik va şaffoflik tomonga butunlay özgardi.
Oçiqlik böyiça xalqaro reytinglardagi mamlakatimizning örni 138 poğonaga yaxşilanib, Markaziy Osiyoda birinçi, dunyoda 30-öringa kötarildi.
«Takror va takror aytaman: biz oçiqlik siyosatini, söz erkinligi ğoyalarini hayotga tatbiq etişda hamişa qat’iy bölamiz!»
- dedi davlat rahbari.








