Madrid derbisida şedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeÇLda kun öyinlari
|17:16 / 05.03.202522 71014 min
«Arsenal» va «Aston Villa» amalda keyingi bosqiçda, «Real» va «Atletiko» masalani keyingi haftaga qoldirdi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Barçasi keyingi hafta hal böladi
Real – Atletiko – 2:1
Gollar: Rodrigo 4, Braim Dias 55 – Xulian Alvares 32.
Real Madrid: Kurtua - Valverde (Vaskes, 83), Asensio, Ryudiger, Mendi - Dias (Endrik, 89), Çuameni, Kamavinga (Modriç, 63) - Rodrigo, Mbappe, Vinisius
Atletiko: Oblak - Lorente, Ximenes, Lengle, Galan - Simeone (Gallager, 64), Barrios (Serlot, 75), De Paul (Korrea, 76), Lino (Molina, 65) - Alvares, Grizmann (Le Norman, 71)
YeÇL nimçorakfinalidagi Madrid derbisining birinçi raundini «Real» öz foydasiga hal etdi. Turnirning amaldagi ğolibi «Atletiko»ni «Santyago Bernabeu»da mağlubiyatga uçratdi.
Diskvalifikatsiyaga uçragan Bellinghem yöqligida «Real» 4-4-2 sxemasini saqlab qoldi, uning pozitsiyasida Dias tuşirildi. Töp jamoada bölganida Vinisius Junior çap qanotda kengroq pozitsiyani egalladi, öngda esa Rodriogo maksimum kenglik yaratişga harakat qildi. Şu tariqa, Karlo Ançelotti şogirdlari «Atletiko» mudofaa çiziğini çözişga harakat qildi. «Real»ning hujumdagi quroli Rodrigo böldi – braziliyalik vingerga birgina Galanning özi qarşilik qila olmadi. Şuning evaziga mezbonlar törtinçi daqiqadayoq hisobni oçişdi. Valverde Modriç uslubida çiziqlar orasidan pas berdi, Rodrigo raqibning ortiga otilib, töp bilan jarima maydoni markaziga yurdi va aylanma zarba bilan darvozani işğol etdi.
Köp ötmay, bu usul yana bir bor iş berişi mumkin edi, bu vaziyatda braziliyalik vinger yana bir bor Galandan qoçib ketib, jarima maydonçasida yiqildi. Ammo öyin boş hakami Tyurpen penalti qöyişni istamadi. Bu holatda çindan ham «Atletiko» himoyaçisining yaqqol qöpolligi körinmadi. Şundan keyin ham «Real» öyinni nazorat qilişda davom etdi, ammo Diyego Simeone jamoasi istalgan vaqtda qarşi hujumga ötişi mumkinligi bilan tahdid solib turardi. Valverde ikki holatda darvozaga zarba berişga çoğlangan raqiblar oyoğidan töpni olib qöydi.
«Atletiko» futbolçilari töpga egalik qilganida 3-2-5 sxemasi böyiça tizildi va alohida epizodlarda tetik harakat qildi. Öyinning dastlabki yarim soati ortda qolganida esa muxlislar Alvaresning şedevr goliga guvoh bölişdi. «Atletiko» forvardi qanotda Kamavingani osonlik bilan ortda qoldirib, olis ustun tomon aylanma zarba berdi. Bu Simeone jamoasida ilk zarba edi. Bu vaziyatda Galan ham nihoyat foydali harakat qildi – u Valverdeni özi bilan olib ketdi va natijada Kamavinga yolğiz qoldi.
Mavzuga oid
E’tiborli jihati, birinçi bölimda raqib jarima maydonida töpga teginiş böyiça statistika amalda teng edi (7:6). Mbappe bu safar özini körsata olmadi. Birinçi bölimda fransuz «Atletiko» jarima maydonida faqat bir marta töp bilan uçraşdi, bu ham muvaffaqiyatsiz dribling bilan yakunlandi.
Ikkinçi bölimda şedevrlar oqşomini Dias davom ettirdi. «Atletiko» tengma-teng kuraşgan bölsa-da, uning tarkibida öyinni hal qila oladigan futbolçilar kamroqligini bilinib qoldi. 55-daqiqada Braim çap qanotda kombinatsiya uyuştirdi va uni özi yakunladi: yoş hujumçi jarima maydoni içida finti bilan Ximenesni noqulay holatga tuşirib qöydi va töpni olis ustun tomon yumalatib yubordi.
Hisob 2:1 körinişiga kelgaç, «Real» töpni öz nazoratiga olib, «Atletiko» futbolçilarini uni oliş uçun yugurişga va katta kuç sarflaşga majbur qildi. Jamoasi javob golini urişi zarurligiga qaramay, Simeone kutilmaganda Grizmanni maydondan oldi va uning örniga uçinçi markaziy himoyaçini tuşirdi. Aftidan, «Atletiko» qolgan vaqt içida uçinçi golni ham ötkazib yuborişidan xavfsiragan, nima bölganda ham hali barçasini tuzatiş mumkin bölgan uy uçraşuvi bor.
Sönggi 15-20 daqiqalik sokin keçdi. Argentinalik mutaxassis bor e’tiborni himoyaga qaratişi derbi olovini söndirdi, «Real» ham bir gol ustunligiga egaligi tufayli ortiqça tavakkalçilik qilişni istamadi. Qöşimça daqiqalarad mezbonlar yaxşi imkoniyatga ega bölişgandi, ammo Mbappe böş darvoza qarşisida oçilgan Vinisiusga aniq pas berolmadi.
Yakunda zarbalar körsatkiçi böyiça «Real» «Atletiko»dan yaqqol ustunlikka erişdi – 13:6 (darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar böyiça – 7:2, jarima maydoni içidan yöllangan zarbalar böyiça – 7:5). Ammo intriga hali tirik – sakkiz kundan keyin muxlislarni hal qiluvçi öyin kutadi.
1/4 finalga jamoalar odatda ikki öyi natijasiga köra çiqişadi. «Arsenal» esa bu prinsipni buzdi va birinçi öyindayoq barçasini hal qildi.
Birinçi bölim voqealarga boy keçdi. Vaziyatlardan birida «Arsenal»ga yaqqol penalti berilmadi. Edegor jarima maydoni içida zarba berişga çoğlanganida, ortdan uning oyoğiga kontakt böldi va norvegiyalik futbolçining zarbasi öxşamadi. VAR esa epizodga aralaşmadi.
PSV 16-daqiqadayoq hisobni oçişi mumkin edi, ammo Saybari yetti metr masofadan turib böş qolgan darvozani işğol etolmadi, uning kuçli zarbasidan keyin töp ustun va tösin tutaşgan nuqtaga bordi. «Arsenal» darhol javob qaytardi. 13 daqiqada uçta gol bilan. Avvaliga eyndhovenliklarning aşaddiy raqibi «Ayaks»ning sobiq futbolçisi hisoblangan niderlandiyalik Timber olis ustun oldida barçadan baland sakrab, qanotdan oşirilgan uzatmani golga aylantirdi. Uç daqiqa ötib 18 yoşli Lyuis-Skellining uzatmasidan keyin 17 yoşli Nvaneri hisobdagi farqni oşirdi, u YeÇL pley-offida gol urgan eng yoş futbolçilar uçligiga kirdi (faqat Boyan Krkiç va Jud Bellinghem undan ertaroq gol urgan).
Yana 10 daqiqa ötib Merino ham öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Ispaniyalik yarimhimoyaçi bu öyinda ham majburan markaziy hujumçi pozitsiyasida çiqqandi. Va unga raqib jarima maydoni içidagi sarosima va tartibsizlik qöl keldi, himoyaçi Flamingo töpni uzoqlaştirişga urinib, uni tepa olmadi va özi yiqilib tuşdi, ispaniyalik esa töpga ega çiqib, uni darvozaning narigi burçagiga yönaltirdi. 30-daqiqadayoq tabloda mehmonlar foydasiga 3:0 hisobi porlay boşladi. Şu daqiqalardayoq nafaqat uçraşuv, balki 1/4 final yöllanmasi taqdiri hal bölgandek tuyulayotgandi. Ammo bölim oxirida londonliklar ham muxlislarini asabiylaşişga majbur qilişdi.
Boş hakam «Arsenal» himoyaçisi Lyuis-Skellini oçiqçasiga ayadi, oldinroq sariq kartoçka olgan uşbu yoş himoyaçi qanotda navbatdagi foldan keyin maydondan çetlatilişi ham mumkin edi. Şundan keyin Arteta uni 35-daqiqadayoq almaştirib yubordi.
Birinçi bölim oxirida PSV bitta gol bilan javob qaytardi. Burçak zarbasi ijro etilganida Parti jarima maydoni içida fol işlatdi, Lang esa penaltini şu qadar işonç bilan ijro etdiki, Rayya sakrab ham ötirmadi. Şundan keyin ham mezbonlarda bir qator yaxşi vaziyatlar böldi va agar hisob tanaffusgaça qisqartirilganida, voqealar rivoji qanday keçişini taxmin qiliş qiyin edi. Ammo ikkinçi bölim boşidayoq intrigaga barham berildi. «Arsenal» uç daqiqa içida yana ikki gol urib, hisobni yirik körinişga keltirdi.
47-daqiqada Edegor jarima maydoniga yorib kirib, amalda böş qolgan darvozani işğol etdi.
99 soniya ötib esa Trossar yakkama-yakka vaziyatga çiqib borib, töpni darvozabon ustidan oşirib taşladi. Şundan keyin PSV öziga kela olmadi. Qolgan vaqt davomida «Arsenal» maydondagi barçasini nazorat qildi va ortiqça kuç sarflamay töpni olib yurdi. Va şunday holatda ham mehmonlar navbatdagi golga raqibdan köra yaqinroq edi. Amalda ham «Arsenal» oltinçi golni urdi. Edegorning jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasi darvoza markaziga qarab yönaldi va rikoşetga ham uçramadi, ammo PSV darvozaboni öziga kelgan töpni tösa olmadi. Hisob 1:6 körinişiga kelgaç, muxlislar stadionni yoppasiga tark etişga kirişdi.
85-daqiqada esa «Arsenal» yettinçi golni ham urdi. Edegor öz uslubida jarima maydoni içiga pas berdi – va himoyaçi Rikkardo Kalafiori hujumçilardek harakatlanib, töpni olis burçakka töğri yönaltirdi. Endi 12 mart kuni Arteta ikkinçi tarkibni tuşirişi va çorakfinal uçun kuç tejaşi (bu bosqiçda «Real» yoki «Atletiko» raqib böladi) ham mumkin. Safardagi 7:1 hisobi esa tarixiy – bungaça hali heç bir jamoa Çempionlar ligasi pley-offida safar uçraşuvida yettita gol urmagan.
«Borussiya» öyinni özining eng yaxşi töpurari Girassining qulay vaziyatdan xato zarba berişi bilan boşladi. Dortmundliklar faqat burçak zarbasi ijro etilganida maksimal samaradorlik namoyiş etişdi. Navbatdagi kornerdan keyin töpga ega çiqqan Adeyyemi hisobni oçdi. Bundesligadagi sönggi tur qahramoni şu qadar kuçli va aniq zarba berdiki, raqib darvozaboni örnidan jilişga ham ulgurmadi. Grossning tanaffus arafasidagi goli esa hisobga olinmadi, u töp uzatib berilayotgan vaqtda kiçik ofsaydda qolgani ma’lum böldi.
Ikkinçi gol öyin taqdirini hal etişi mumkin edi, ikkinçi bölimda esa «Lill» çinakamiga öz kuçini namoyiş etdi. Fransuzlar — turnirning asosiy bosqiçida «Liverpul»ga «Enfild»da gol urgan yagona jamoa bölgandi. Bryuno Jyenezio «Real» va «Atletiko»ga qarşi öyinlarda aralaş tarkib bilan ham ğalabaga erişdi. Dortmundda esa uning şogirdlari töp autdan taşlanişi bilan boşlangan kombinatsiyani gol bilan yakunlaşdi. Ikki vertikal pas va Haraldsson avvaliga nam gazonda toyib ketgandek köringan bölsa-da, töpni darvoza burçagiga aniq yönaltirdi. Islandiyalik hujumçi klub tarixiga kirdi, çunki bungaça «Lill» heç qaçon YeÇL pley-offida safar öyinlarida gol urmagandi. Safarda oçko olişga erişgan jamoa endi uşbu juftlikda favoritga aylandi.
Seşanba oqşomi dasturining «Bryugge» va «Aston Villa» örtasidagi keçgan ilk öyini kutilganidan qiziqarliroq keçdi. Uçinçi daqiqadayoq Beyli jarima maydonida qaytgan töpni töxtatmasdan darvoza burçagiga yönaltirdi.
Köp ötmay Reşford birminghemliklarning ustunligini oşirişi mumkin edi, ammo Minole yaqin burçagini yopdi va jamoadoşlarini javob goli uçun ilhomlantirdi — 12-daqiqadayoq muxlislar yana bir çiroyli golga guvoh bölişdi. Çap qanotga diagonal uzatma, Tsolisning jarima maydoni markaziga uzatmasi va de Kayper töpga bir teginişda darvoza törini işğol etdi.
Belgiyaliklarning tizimli öyini mehmonlarga katta qiyinçiliklar tuğdirdi va ular tanaffusga ğolib holda yöl olişi ham mumkin edi. Ammo Emiliano Martines «Atalanta»ga qarşi öyin qahramoni Talbining jarima maydoni markazidan yöllagan zarbasini tösdi.
Ikkinçi bölimni ikki tomon ham qulay vaziyatlardan foydalana olmaslik bilan boşladi. Bir neça daqiqa içida avvaliga «Aston Villa» raqibni keçirdi, keyin esa Vanakenning boşda yöllagan zarbasi möjiza tufayli darvozaga kirmay qoldi. Biroz ötib mezbonlar sardori assistent rolini bajardi, ammo uning çiroyli pasidan keyin Tsolis öta qulay vaziyatdan turib notöğri zarba berdi. Öyin oxirida esa «Bryugge» muxlislari şok holatiga tuşişdi. Avvaliga jamoaning eng tajribali himoyaçisi Mehele Rodjyersning qanotdan uzatmasidan keyin öz jamoasi darvozasiga gol urib qöyib, boşini çangallab qoldi.
Keyin esa Tsolis antiqahramonga aylandi. Uşbu gretsiyalik öz jarima maydonida keraksiz vaziyatda töpni töxtatişda çiroyli harakat qilişga urinib, özi istamagan holda fol işlatdi. Belgilangan penaltini Asensio aniq ijro etib, amalda Unai Emeri şogirdlari uçun çorakfinalga yöllanmani kafolatladi.
«Bryugge» hali taslim bölmadi, ammo sönggi daqiqalarda Vetlessen yana bir qulay vaziyatni yöqqa çiqarmaganida, javob öyinida Belgiya çempionlariga osonroq bölgan bölardi.