Uçraşuvda tovar ayirboşlaş hajmi va uning tarkibi mamlakatlar salohiyatiga mos emasligi, Özbekiston-Gurjiston örtasidagi Erkin savdo kelişuvi imkoniyatlarini töliq işga solib, yaqin yillarda savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkaziş uçun barça zarur şart-şaroitlar mavjudligiga e’tibor qaratildi.

Bunday natijaga töqimaçilik, poyabzal va çarm, elektrotexnika, oziq-ovqat mahsulotlari, rangli va qora metallar, meva-sabzavot, kimyo mahsulotlari, quriliş materiallari va boşqa tovarlar oldi-sotdisiga keng yöl oçiş orqali erişiş mumkinligi bildirildi.

Hukumatlar delegatsiyalari uçraşuvida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy yönalişlardan taşqari, qişloq xöjaligi, transport va logistika, ta’lim, turizm, madaniy-gumanitar sohalarida ham özaro munosabatlarni yanada yaxşilaş ikki davlat manfaatlariga birdek mos kelişi ta’kidlandi.

Şuningdek, hududlararo hamkorlik özaro munosabatlarning muhim omili bölişi mumkinligi, şu ma’noda Samarqand va Batumi, Buxoro va Msxeta şaharlari örtasida töğridan töğri hamkorlikning yölga qöyilişi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga salmoqli hissa qöşişiga işonç bildirildi.