Yevropa Çempionlar Ligasida 1/8 finalning birinçi öyinlari yakunlandi.
Markaziy bahsda «PSJ» «Liverpul»dan öyin böyiça ustunlikka erişsa-da, mağlubiyatga uçradi. Mezbonlar 28 ta zarba berib ham, gol ura olişmadi. Mersisaydliklar posboni Alisson 9 ta seyv amalga oşirdi. 87-daqiqada esa «qizillar» ilk aniq zarbani golga aylantirişdi — Elliot Saloh örniga tuşiboq töp kiritdi.
Germaniya grandlari töqnaşuvida «Bavariya» «Bayyer»dan yirik hisobda ustun keldi. Keyn dublga erişgan bölsa, Musiala ham öz hisobiga gol yozdirib qöydi.
«Barselona» Lissabonda 22-daqiqadayoq kamçilikda qolganiga qaramay, Rafinyaning goli evaziga ğalaba qozondi.
«Inter» Rotterdamda «Feyyenoord» ustidan Tyuram va Martinesning gollari evaziga işonçli ğalabaga erişdi. Hisob yirik köriniş olişi ham mumkin edi, ammo Zelinski penaltidan foydalana olmadi.
Uşbu juftliklarda javob bellaşuvlari 11 mart kuni ötkaziladi.
YeÇL. 1/8 final
Birinçi öyinlar. 5 mart
PSJ — Liverpul 0:1
Gol: Elliot (87).
PSJ — Donnarumma, Markinos, Paço, Hakimi, Mendeş, Vitinya, Ruis (Zair-Emeri, 78), Neveş, Barkolya (Due, 66), Dembele, Kvaratsxeliya (Ramuş, 78).
Liverpul — Alisson, Aleksander-Arnold, Konate, van Deyk, Roberson, Gravenberh (Endo, 79), Soboslai, Mak Allister, Dias (Jons, 67), Saloh (Elliot, 86), Jota (Nunes, 67).
Ogohlantirişlar: Markinos (38), van Deyk (70).
Bavariya — Bayyer 3:0
Gollar: Keyn (9, 75 penalti), Musiala (54).
Bavariya — Noyyer (Urbig, 58), Laymer (Stanişiç, 68), Upamekano, Kim (Dayyer, 89), Devis, Kimmix, Goretska (Palinya, 89), Olise, Musiala, Koman (Sane, 68), Keyn.









