AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2022 yildan keyin kelgan 240 mingga yaqin ukrainalik qoçoqni huquqiy maqomidan mahrum qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, bu boradagi qaror aprel oyida qabul qilinişi kutilyapti va u ukrainaliklar deportatsiyasini tezlaştirişga olib kelişi mumkin.

Ukrainalik qoçoqlar uçun möljallangan dasturning bekor qilinişi Tramp va Zelenskiy örtasidagi tortişuvdan oldinroq boşlangan edi. Reuters manbalari Tramp ma’muriyatining uşbu qadamini Jo Bayden davrida vaqtinçalik boşpana taqdim etiş böyiça gumanitar dasturlar doirasida mamlakatga kelgan 1,8 millionga yaqin migrantni huquqiy maqomdan mahrum qiliş taşabbusining bir qismi deb atamoqda.

Mazkur taşabbus doirasida Tramp ma’muriyati, şuningdek, mart oyidan 530 ming kubalik, haitilik, nikaragualik va venesuelalikka gumanitar yordam körsatişni bekor qilişni rejalaştirgan.

AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi matbuot kotibi Trişa Maklaflin idora bu borada heç qanday izoh bermasligini ma’lum qildi. Oq uy va Ukraina elçixonasi agentlik sörovlariga javob qaytarmagan.