Noqulay ob-havo şaroiti tufayli Qamçiq dovoni avtomobillar harakati uçun yopilgaç, noqulay ob-havo şaroiti vaqtida yölda qolib ketgan mingga yaqin kişi vaqtinça turar joylarga joylaştirilgan.

Qayd etilişiça, FVV, YPX va «Qamçiqavtoyöl» IYFUK xodimlari hamkorligida yölni qordan tozalaş, muzlamalar hosil bölişining oldini oliş va qum-tuz aralaşmasini sepiş işlari olib borilmoqda.

FVV qutqaruvçilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yölda qolib ketgan haydovçi va ularning avtotransport vositalariga yordam körsatilmoqda. 

Xohlovçi yölovçilar uçun FVVning isiniş maskanlari taşkil etilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirining topşiriği bilan joyida vazirning birinçi örinbosari jarayonni muvofiqlaştirib bormoqda. 

Şuningdek, Angren şahrida joylaşgan 19 ta oşxona va 4 ta mehmonxonaga 790 nafar erkak, 130 nafar ayol va 38 nafar bola vaqtinça joylaştirildi.

«Özgidromet» tezkor gidrometeorologik axborotida Qamçiq dovonidan kesib ötgan avtomobil yöli 228-253 km qismida qor köçiş xavfini e’lon qilgan.

Dovonda transport vositalari harakati hamon tiklanmayotgani tufayli «Angren-Qöqon» yönalişida bepul poyezd  taşkil etildi.

Poyezd 21:00 da Angren temiryöl şohbekatidan harakatlanadi.

Ayni vaqtda Qamçiq dovonida –7 daraja sovuq, qor yoğişda davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, 7 mart kuni tongdan A-373 xalqaro avtomobil yölining Qamçiq dovoni qismida kuçli qor yoğa boşladi. Dovonda şamol tezligi kuçayib, qor böronlari kuzatildi. Qalin tuman tuşib, yölning köriniş çegarasi qisqardi. Havo harorati –4 darajaga tuşdi.

Soat 14:30 dan dovonda avtomobillar harakati vaqtinça yopildi. Dovonga har ikki tomondan kelgan avtomobillar ortiga qaytarib yuborila boşlandi.