Suriya markaziy hukumat kuçlari 6 mart kuni alaviylar qözğoloni boşlangan Örta Yer dengizi sohilidagi Lataqiya va Tartus viloyatlarini nazorat ostiga oldi. 8 mart holatiga köra, hukmron islomiy «Hay’at Tahrir aş-Şom» (Hş) harakati bilan aloqador armiya va jangarilar mintaqadagi aholi gavjum hududlarda reyd ötkazmoqda. Meduza sönggi ma’lumotlarni töpladi.
Qayd etilişiça, mamlakatning yangi hukumati isyonçilarni qidirmoqda va ularni qidiriş jarayoni erkaklarning ommaviy qatl etilişi bilan birga davom etyapti. Qurbonlarning aniq sonini hozirça aniqlaş imkonsiz. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar, huquq himoyaçilarining tarqoq bayonotlari va mahalliy aholining xabarlariga qaraganda, kamida yuzlab qurbonlar bor.

Ijtimoiy tarmoqlarda alaviylarning qatl etilayotgani aks etgan önlab videolar tarqalmoqda: ularni önlab odamlar otib taşlagan, kaltaklagan, yerda sudralib, itdek uvillaşga majbur qilgan. Kadrlarning aksarida fuqaro kiyimidagi öliklar, yaradorlar va asirga olinganlarning jasadlari aks etgan. Ulardan qaysi biri qözğolon iştirokçisi, qaysi biri tinç fuqaro ekanligi noma’lum. Umuman olganda, kadrlar janglardan köra ommaviy qatllardan keyingi voqealarga öxşaydi. Alaviylarning individual qirğinlari haqiqati allaqaçon Reuters axborot agentligi tomonidan qisman tasdiqlangan.
7 mart kuni Suriya prezidenti Ahmad aş-Şara’a xalqqa murojaat qildi. U Lataqiya va Tartusdagi zöravonliklarda «qulagan rejim tödalari»ni aybladi va «butunlay yöq qilinmagunça» ularni ta’qib qilişga va’da berdi.
Suriyaning sobiq prezidenti Başar Asad va uning oilasi mansub bölgan etno-konfessiyaviy guruh - alaviylarning öz uyuşgan harbiy kuçlari yöq edi. Suriyadagi druzlar, kurdlar va boşqa jamoalardan farqli ölaroq, Asad davrida bu rolni rasmiy qurolli kuçlar - Suriya arab armiyasi samarali bajargan. 2024 yil dekabrida Başar Asad rejimi qulaganida bu armiya tarqalib ketdi.
Suriyada hokimiyatni qölga olgan sunniy islomiy «Hay’at Tahrir aş-Şom» (Hş) harakati şundan beri alaviylarning birlaşişi va yangi harbiy kuçga aylanişining oldini olişga harakat qilmoqda. Yaqin-yaqingaça bu urinişlar alaviylar qişloqlarida reydlar ötkaziş va hatto ularni öqqa tutişdan iborat edi.













