Respublika tez tibbiy yordam markazi uşbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.
Fuqaro M.B. (1953 yilda tuğilgan, uyi va aniq yaşaş manzili yöq) nomiga 2025 yil 23 fevraldan boşlab tez tibbiy yordam xizmatiga bir neça marotaba murojaatlar qayd qilingan va har safar unga tibbiy xizmatlar körsatilgan.
Bundan taşqari, M. B.ni 4-son va 1-son şahar klinik şifoxonalariga bir neça marta olib borilgan. Jumladan, joriy yil 6 mart kunining özida uning nomidan 4 marta çaqiruv uyuştirilgan va hammasida tibbiy xizmatdan foydalangan.
6 mart kuni dastlab soat 10:53 da Bözsuv 1/21 manziliga şu yerda yaşovçi fuqaro tomonidan çaqiriq berilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi öz vaqtida yetib borib, bemorni birlamçi tibbiy tekşiruvdan ötkazadi. Söngra u 1-son şahar klinik şifoxonasiga olib borilgan. Qabul bölimida şoşilinç holat inkor qilingaç, u yaşaş manzili aniq bölmagani uçun "102" xizmatiga xabar berilib, olib ketilgan manzilga keltirib qöyilgan.
Keyingi çaqiriq esa soat 13:34 da Bözsuv 1/21 manziliga IIB xodimi tomonidan amalga oşirilgan. Voqealar rivoji deyarli bir xilda davom etadi, faqat yakunda bemor bu safar yaşaş manzilini Buyuk Ipak yöli köçasi, 421-uy deb körsatgani sababli tibbiy brigada tomonidan "koll markaz" katta şifokori hamda "112" va "102" xodimlari bilan gaplaşib, aytilgan manzilga keltirib qöyilgan.
Soat 19:48 da Buyuk Ipak yöli köçasi, 421-uy manziliga yölovçi fuqaro tomonidan navbatdagi çaqiruv böladi. Tez tibbiy yordam brigadasi öz vaqtida yetib boradi. Bemorni birlamçi tibbiy tekşiruvdan ötkazadi. Şoşilinç holat inkor qilinib, u manzilning özida qoldiriladi.
Törtinçi çaqiruv keçki payt soat 20:31 da Buyuk Ipak yöli köçasi, 421-uy manziliga IIB xodimi tomonidan amalga oşirilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi tezkor ravişda vaqtida yetib boradi va joyida bemorni birlamçi tibbiy tekşiruvdan ötkazadi.
IIB xodimi taklifi bilan yana qaytadan 1-şahar klinik şifoxonasiga olib borilgan. Qabul bölimida mutaxassis tomonidan qöyilgan "öng tomonlama sut bezining yiringli yarasi" taşxisi asosida qabul bölimida qoldirilgan.
Fuqaro M.B. ayni paytda Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toşkent şahar filialida rejali ravişda muolajalar olmoqda, deyiladi Respublika tez tibbiy yordam markazi xabarida.








