London politsiyasi Vestminster saroyining soatli minorasidan Falastin tarafdori bölgan aktivistni tuşirib oldi. 

Falastin bayroğini kötargan şaxs Britaniya parlamenti joylaşgan hududga 8 mart tongida kirib kelgan. U tezda panjaraga çiqib, Big-Ben devori böylab bir neça metrga tirmaşib çiqqan, şundan keyingina politsiyaçilar e’tiborini tortgan.

Qaysidir pallada u minoraning yuqori qismiga kötariliş uçun poyabzalini yeçadi. Lekin oyoqlarini jarohatlab, toş devorda qon doğlarini qoldirdi.

Aktivist Instagramda efirga çiqib, «politsiya qatağonlari va davlat zöravonligi»ga qarşi norozilik bildirgan.

Kun davomida u politsiya bilan muzokaralar olib bordi va faqat «öz şartlari bilan» pastga tuşişini aytdi. Agar kimdir unga yaqinlaşgudek bölsa, hayotini xavf ostida qoldirib, yanada yuqori kötariliş bilan tahdid qildi.

Loredana Sangiuliano / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Hodisa tufayli Vestminster köprigi yopildi, şuningdek, parlament hududidagi barça ekskursiyalar bekor qilindi. Big-Ben qarşisidagi örab olingan maydonda bir guruh odamlar töplanib, «Falastinga ozodlik» va «Sen qahramonsan» degan şiorlarni aytib hayqirişgan, deb xabar beradi BBC.

Politsiyaçilar aktivistni yarim tundan keyin öt öçiriş krani orqali pastga tuşişga köndirişga muvaffaq bölgan. The Independent ma’lumotiga köra, uşbu erkak minorada 16 soat ötkazgan. Hozir u hibsga olingan.

PA Media