Samarqand viloyati Bulunğur tumanida kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Bulunğur tumani bölimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlarda kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan, muqaddam sudlangan F.S. fuqaro D.B. bilan özaro til biriktirib, 210 dona “Zardeks” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini 6 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, muqaddam sudlangan fuqaro F.A. 500 dona “Zardeks” nomli dori vositasini fuqaro D.B.ga sotgan vaqtida uşlanib, uning xonadonidan ötkaziş maqsadida saqlab kelingan 60 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.