Qariyb 40 yil avval Puerto-Rikodagi qamoqxonadan qoçib ketgan erkak AQŞning Florida ştatida qölga olindi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
Horhe Milya-Valdes ismli jinoyatçi 1987 yilda Puerto-Riko qamoqxonasidan qoçib ketgan va şu paytgaça Luis Agirre nomi bilan yaşagan.
Barmoq izlari yordamida uning şaxsini aniqlaşga muvaffaq bölindi. Kerakli protseduralardan ötilgaç, natijalar erkakning barmoq izlari 1986 yilda qamoqqa olinişidan oldin olingan ma’lumotlarga 100 foiz öxşaşi aniqlandi. Şu tariqa mutaxassislar Agirre va Milya-Valdes bir odam ekanini tasdiqladi.
Hibsga oliş çoğidagi videotasvirda erkak politsiya uni ilgari ikki marta qölga olganini, ammo qöyib yuborganini, u huquq-tartibot idoralariga «kerak emasligini» aytadi. Uçinçi marta baribir Milya-Valdesni qamaşdi.
Avvalroq Qozoğistonda 10 yildan beri davlatlararo qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi qölga olingandi.








