Şimoliy dengizda AQŞ bayroği ostida harakatlangan Stena Immaculate neft tankeri hamda Portugaliyaning Solong konteynerovozi bir-biri bilan töqnaşib ketdi. Bu haqda Buyuk Britaniya sohilni qöriqlaş xizmatiga tayanib, The Telegraph xabar berdi.

Töqnaşuv mahalliy vaqt bilan soat 09:48 da Xall şahri şarqidagi Şarqiy Yorkşir qirğoğida sodir bölgan. BBC’ning yozişiça, konteynerovoz langar taşlab turgan neft tankeriga borib urilgan.

Hodisa oqibatida har ikki kemada ham yonğin çiqqan. Töqnaşuv joyiga qutqaruv kemalari va vertolyot jönatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda töqnaşuvdan keyin yuzaga kelgan yonğinning foto va videolari tarqalmoqda. Ularda tanker ustidagi qora tutunni köriş mumkin.

Hodisa joyida qutqaruv-qidiruv operatsiyalari ötkazilmoqda. Sky News ma’lumotlariga köra, tanker va konteynerovoz töqnaşuvi oqibatida 32 kişi jarohat olgan.