Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi 17 va 19 iyul kunlari Qora dengizdagi fuqarolik kemalariga dronlar yordamida zarba berilganini qoraladi. 

Vazirlikning bildirishicha, kemalar Kaspiy quvur o‘tkazish konsorsiumi orqali neftni qonuniy tarzda olib ketayotgan bo‘lgan.  

«Bunday hujumlarni Qozog‘iston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga tajovuz qilish hamda qonuniy xalqaro savdoni beqarorlashtirish maqsadidagi harakatlar deb baholaymiz»,- deyiladi tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Qozog‘iston bunday hujumlar darhol to‘xtatilishini talab qilgan.

19 iyul kuni ASIA va NISSOS IOS tankerlari dronlar zarbasiga uchragan. Ma’lumot berilishicha, neft mahsulotlarining dengizga oqib ketish holati yuz bermagan.

17 iyul kuni Qora dengizda Nordic Zenith neft tankeriga hujum uyushtirilgandi.