Grek kompaniyasi boşqaruvidagi Skiros neft tankeri Qora dengizda, Novorossiysk yaqinida uçuvçisiz uçiş apparati hujumiga uçradi. Bu haqda Bloomberg 17-avgust kuni vaziyatdan xabardor manbaga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, tanker hujumdan oldin Kaspiy quvur konsorsiumining Novorossiysk yaqinidagi terminalida Rossiyada qazib olingan neft partiyasini bortiga yuklagan.
Hujum 16-avgust kuni sodir bölgan.
Bloomberg uşbu hodisani Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi neft taşiş yönalişlariga ta’sir körsatayotganining navbatdagi misoli sifatida baholagan. Agentlik ma’lumotiga köra, KQK terminali orqali jahon bozoriga yetkazib beriladigan neft global ta’minotning taxminan 2 foizini taşkil etadi.
KQK terminali, asosan, Qozoğistonda qazib olingan va eksport uçun möljallangan neftni yuklaşda foydalaniladi. Biroq manbaning ta’kidlaşiça, dron hujumiga uçragan Skiros tankeriga yuklangan xomaşyo aynan Rossiyada qazib olingan neft bölgan.
Skiros bir vaqtning özida 1 million barrelgaça neft taşiş imkoniyatiga ega.
Bloomberg hisob-kitoblariga köra, KQK terminali orqali eksport qilinadigan umumiy neft hajmining 5–10 foizi Rossiya nefti hissasiga töğri keladi.
KQK hududida uç hafta içidagi birinçi hujum
Skiros tankeri bilan boğliq hodisa KQK terminali hududida sönggi uç hafta içida qayd etilgan birinçi dron hujumi böldi.
Iyul oyida terminalga bir neça bor dronlar bilan zarba berilgan va bu uning faoliyatida uzilişlarga olib kelgan edi. KQK Qozoğiston neftini jahon bozoriga yetkazib berişda muhim ahamiyatga ega bölgani sababli terminal işidagi muammolar Qozoğistondagi ayrim konlarda neft qazib oliş hajmini qisqartirişga ham olib kelgan.
Iyul oxirida Kaspiy quvur konsorsiumi xavfsizlikka tahdidni kamaytiriş hamda ehtimoliy neft tökilişi oqibatida atrof-muhitga zarar yetişining oldini oliş maqsadida terminal faoliyatini vaqtinça töxtatiş imkoniyatini ham körib çiqqan.
Biroq yakunda KQK işni davom ettirişga qaror qilgan.
Tankerni boşqarayotgan grek kompaniyasining bildirişiça, Skirosʼga qilingan hujum oqibatida ekipaj a’zolaridan heç kim jabrlanmagan. Neft sizib çiqişi yoki atrof-muhit ifloslanişi ham qayd etilmagan.

















