AFP agentligi xabar qilişiça, Deliver neft tankeri sud egasi tomonidan belgilangan jarima tölanganidan keyin Marsel yaqinidagi Fos-syur-Mer portini tark etib, Fransiyaning hududiy suvlaridan çiqib ketgan.

Bundan bir kun avval Marsel okrug sudi tanker egasi bölgan kompaniyani davlat bayroğidan foydalaniş qoidalarini buzganlikda aybdor deb topib, jarima jazosini tayinlagan.

Ma’lum qilinişiça, tanker Kamerun bayroği ostida harakatlangan. U Rossiyaning Primorsk neft portidan Singapurga yöl olgan vaqtda, iyun oyi oxirida Fransiya harbiy-dengiz kuçlari tomonidan Sitsiliya sohillari yaqinida bayroq hujjatlarini tekşiriş maqsadida töxtatilgan va Fos-syur-Mer portiga kuzatib borilgan.

AFP eslatişiça, Kamerun hukumati 2025 yil may oyi oxirida uşbu tanker endi mamlakat bayroği ostida qatnovni davom ettira olmasligi haqida rasmiy hujjat e’lon qilgan.

Yevropa Ittifoqi esa 2025 yil fevral oyida Deliver tankerini Rossiyaning neft savdosiga nisbatan joriy etilgan çeklovlarni çetlab ötişda iştirok etgan degan gumon bilan sanksiyalar röyxatiga kiritgan.

Fransiya hozirga qadar Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatiga kiritilgan jami beşta kemani uşlab qolgan. Ulardan ikkitasiga nisbatan sud jarima jazosini tayinlagan.

Ğarb mamlakatlari «soya flot» deb Rossiyaning neft eksportiga qaratilgan sanksiyalarni çetlab ötiş uçun uçinçi davlatlar bayroği ostida qatnaydigan, asosan eski neft tankerlari tarmoğini ataydi. Fransiya rasmiylari bahosiça, Rossiyaning bunday «soya floti» tarkibiga 800 dan 1000 tagaça kema kiradi.