Nyu-York federal sudi 10 mart, duşanba kuni rossiyalik tadbirkor va «Rosneft» kompaniyasining sobiq rahbari Eduard Xudaynatovni Amadea superyaxtasining egasi sifatida tan olişdan boş tortdi, deb xabar bermoqda AFP. Yaxtaga boşqa heç kim egalik qilmayotgani sababli, AQŞ Adliya vazirligi endi suddan kema egasi yöqligi sababli (by default - «sukut böyiça») davlat foydasiga musodara qilinişiga ruxsat berişni söraydi.

AQŞ prokurorlari Xudaynatov faqat Amadea'ning «nominal egasi» ekanligiga va yaxta aslida rossiyalik milliarder va siyosatçi, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin ittifoqçisi, 2018 yildan beri AQŞ sanksiyalari ostida bölgan va 2022 yilda qayta sanksiyaga duçor bölgan Suleyman Kerimovga tegişli ekanligiga işonç hosil qilişdi.

Yaxta 2022 yil bahorida qölga olingan

Fiji rasmiylari Amadea motorli yaxtasini 2022 yilning may oyida AQŞ orderi bilan qölga oldilar, çunki Vaşington Kremlni Ukrainadagi uruşni tugatişga majburlaş uçun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin odamlarga nisbatan sanksiyalarni kuçaytirdi.

Qöşma Ştatlar sudda Amadea'ning egalik huquqini talab qilmoqda. Keyin u kimoşdi savdosiga qöyilişi mumkin. Pastki qismida vertolyot maydonçasi, suziş havzasi, jakuzi va qişki boğ bilan jihozlangan 106 metrlik kemaning narxi 300 million dollarga baholanmoqda. Ayni damda yaxta San-Diyego portida.