Rossiyalik senator va milliarder Sulaymon Kerimov Donald Trampning birinçi administratsiyasi vaqtida joriy etilgan sanksiyalar vaqtida ham trast orqali Ilon Maskning SpaceX kompaniyasida uluşga ega bölgan. Bu haqda Bloomberg agentligi öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlikning tört nafar suhbatdoşi, jumladan, ikki nafar yuqori martabali amerikalik amaldorga köra, Kerimov SpaceX aksiyalariga 2017 yilda taşkil etilgan va Delaverda joylaşgan Heritage Trust orqali egalik qilgan. Avvaliga trastning SpaceX’dagi uluşi taxminan 1 foizni taşkil etgan.

Sulaymon Kerimov 2018 yil aprelida Oleg Deripaska, Viktor Vekselberg va boşqa milliarderlar bilan bir qatorda AQŞ sanksiyalariga uçragan. Heritage Trust boşqaruvi bilan şuğullangan Citigroup kompaniyasi mazkur holat sabab Moliya vazirligiga murojaat qilgan va trast hamda unga boğliq taşkilotni bloklaş zaruratini körmagan.

2022 yil iyun oxirlarida AQŞ Moliya vazirligi çet el aktivlarini nazorat qiliş boşqarmasi Heritage Trust’ning qariyb 1 milliard dollarlik aktivlarini bloklagan. Bloomberğning ikki manbasini aytişiça, bu vaqtda SpaceX’ning uluşi allaqaçon sotib yuborilgan.

Citigroup vakili holatga izoh berişdan boş tortgan. Noyabr oyida Citigroup Heritage Trust’da hisobraqamini saqlab qolişni davom etayotgani, ammo taqiqlar sabab mablağlarni taqsimlay yoki qabul qila olmayotgani ma’lum qilingan.

SpaceX, Ilon Mask va Kerimovning özi agentlik sörovlariga javob qaytarmagan.

Bloomberg milliarderlar indeksi ma’lumotlariga köra, 58 yoşli Sulaymon Kerimov eng badavlat rossiyaliklar röyxatida 17-örinni egallaydi. Umumiy hisobda uning 9,9 milliard dollarga yaqin sof kapitali mavjud. Kerimov 2018 yildan beri AQŞ sanksiyalari ostida, şuningdek, keyinroq Yevroittifoq ham unga qarşi sanksiyalar joriy etgan — Kerimov Putinga yaqin oligarxlardan biri hisoblanadi.