Parij Ukrainadagi öt oçişni töxtatiş rejimini qöllab-quvvatlaşda davom etadi, biroq Ukraina armiyasining har qanday qurolsizlantirilişini (demilitarizatsiyasini) rad qiladi. Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu Mudofaa va strategiya forumi oçilişida ma’lum qildi, deb yozdi Le Parisien.
Uning sözlariga köra, Ukraina mudofaa kuçlari har qanday kelajakdagi Yevropa xavfsizlik arxitekturasi uçun muhim element hisoblanadi.
Lekornyu, şuningdek, Yevropa hozir Sovuq uruş va köplab jahon kuçlari ta’sir ötkaziş uçun kuraşayotgan «tinçlik dividendlari davridan» farq qiluvçi yangi tarixiy davrni boşidan keçirayotganini qöşimça qildi.
Uning ta’kidlaşiça, Mudofaa va strategiya böyiça Parij forumida agar kelajakda ayrim davlatlar, xususan, bir davlat xavfsizlikka qöşgan hissasini kamaytirsa, NATO va Ğarb davlatlari özining şarqiy qanotini qanday himoya qilişi mumkinligi muhokama qilinadi.
11 mart kuni Parijda boşlangan tadbirda 30 dan ortiq davlatdan ştab boşliqlari va harbiy xizmatçilar iştirok etmoqda. Forumda Ukraina uçun xalqaro xavfsizlik kuçlarini yaratiş masalasi muhokama qilinadi.
Amerika delegatsiyasi Parijga taklif qilinmagan. Fransiya harbiy mulozimining AP agentligiga aytişiça, bu qaror Yevropa ehtimoliy öt oçişni töxtatişdan keyin Ukrainada tinçlikni saqlaş uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olişga qodirligini namoyiş etmoqçi bölgani uçun qabul qilingan.
Avvalroq Lekornyu Fransiya Kiyevga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari böyiça foizlar hisobiga 195 million yevro miqdorida harbiy yordam bermoqçi ekanini ma’lum qilgandi.








