Ğarb maxsus xizmatlari vakillarining Bloomberg agentligiga ma’lum qilişiça, Vladimir Putin Rossiya—Ukraina uruşini hal etişga bağişlangan muzokaralarda yon bermoqçi emas.
Manbalarning sözlariga köra, Putin bosib olingan hududlar, Yevropa tinçlikparvar kuçlarining joylaştirilişi va Ukraina neytraliteti masalalarida murosaga borişga tayyor emas.
Maxsus xizmatlar vakillarining ta’kidlaşiça, Putin öt oçişni töxtatiş muzokaralari oldidan «maksimalistik» talablarni ilgari surgan va u uşbu talablar Ukraina va Yevropaga ma’qul kelmasligini «biladi». Agentlik suhbatdoşlarining ma’lum qilişiça, Putin «özi xohlagan narsaga erişmasa, jangni davom ettirişga tayyor».
Bloomberğning qayd etişiça, ğarb maxsus xizmatlarining pozitsiyasi Putin tinçlikni xohlaşi haqida aytgan AQŞ prezidenti Donald Trampnikidan farq qiladi. «Töğrisini aytganda, Ukraina bilan menga iş olib boriş qiyin va ularning qölida qarta yöq», — degandi Tramp 7 mart kuni jurnalistlarga.
RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlaşiça, Rossiya pozitsiyasi borasida ğarb maxsus xizmatlari tomonidan taqdim etilgan tavsiflar haqiqatga töğri kelmaydi. Uning sözlariga köra, muzokaralar boşlanişi uçun «Ukraina qadam taşlaşi kerak».
«Rossiya tinçlik sa’y-harakatlariga, Ukraina atrofidagi mojaroni tinç yöl bilan hal etişga oçiq va biz öz maqsadlarimizga tinç hamda diplomatik vositalar bilan erişişni ma’qul köramiz», — deydi Peskov.
Ukraina va AQŞ vakillari 11 mart kuni Jidda şahrida muzokaralar ötkazmoqda. Davlat kotibi Marko Rubioning aytişiça, AQŞ Ukrainaga harbiy yordamni tiklaşi uşbu muzokaralarga boğliq. Financial Times ma’lumotlariga köra, Ukraina muzokaralarda Rossiya bilan öt oçişni qisman töxtatişni taklif qiladi.








