Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.
«Temiryo‘lekspress» xabariga ko‘ra, qo‘shimcha qatnovlar 20, 25, 31 mart va va 1 aprel kunlari harakatlanadi.
Ularning jadvali quyidagicha:
- 778-sonli Toshkent - Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 06:03 - Buxoro 10:14;
- 777-sonli Buxoro - Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 17:55 - Toshkent 22:08.
Avvalroq Toshkent - Samarqand yo‘nalishida ham qo‘shimcha «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.









