Tramp boşçiligidagi AQŞ ta’bir qilib bölmaydigan davlatga aylandi. Tramp – kayfiyat odami, uning beqarorligiga bir neça bor guvoh böldik. Yevropa davlatlarini eng köp qörqitayotgan narsa – AQŞning Rossiya bilan döstlaşmoqçi ekani. Tramp Putin bilan yaqinlaşib, Xitoyga qarşi AQŞ–Rossiya ittifoqini yasaş niyatida.
Yevropa Ittifoqi, NATOga a’zo davlatlar Tramp va uning administratsiyasiga işona olmaydi. Tramp Grenlandiyani tortib olişni orzu qiladi. Grenlandiya – Daniyaning hududi, Daniya esa NATO a’zosi. Kanadani 51-ştat qiliş niyatida, Kanada ham NATO a’zosi. Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo davlatlarni şokka solgan narsa – Tramp naqadar osonlik bilan Ukrainadan voz keçgani, uni Rossiyaga, Putinga tortiq qilgani böldi.
Mana şu fonda, “AQŞ Yevropa xavfsizligini naqadar real himoya qiladi?” degan savol yevropaliklarni qattiq qiynamoqda. Çunki inqiroz paytida davlat rahbari bölmiş Tramp “yevropaliklarning özida ayb, özlari özlarini himoya qilsin!” deydigan bölsa, Yevropa yengiladi.
Ikkinçi jahon uruşi tugagaç, 1945 yildan to hozirga qadar Yevropa xavfsizligi AQŞning qölida edi, Amerika kafolati ostida edi. Lekin Trampning bayonotlari, vitse-prezident Vens va Pentagon rahbari Hegsetning Yevropadagi çiqişlari şuni körsatadiki, AQŞ bundan keyin Yevropani himoya qilişni özining vazifasi sifatida körmaydi.
Yaqinda Yevropa xavfsizligi böyiça bir qança sammitlar böldi. Yevropa Ittifoqi keyingi yillarda özining xavfsizligi va mudofaasi uçun 800 milliard yevro ajratmoqçi. Lekin bu tizim tezda şakllanib qolmaydi, uzoq yillar va katta urinişlar talab qiladi. Hozirça Yevropa kontinentida xavfsizlik tizimi qaltislaşdi.
Sovuq uruş davrida AQŞ özining yadro arsenalini Yevropaning beş davlatiga joylaştirgan edi, bular: Turkiya, Italiya, Belgiya, Germaniya va Niderlandiya. Va mana şu yadroviy qalqon, boşida SSSRni, keyiçalik esa Rossiyani tiyib turdi. Davlatlarning yadroviy arsenaliga kelsak, oxirgi xalqaro manbalarga köra, Rossiyada 5889 dona yadroviy kallak mavjud, AQŞda esa 5244 ta, Xitoy Xalq Respublikasida 410 ta, Fransiyada 290 ta, Birlaşgan Qirollik (Britaniya)da 225 dona.
Dunyoda hali yadroviy uruş bölmagan. 1945 yil avgustida AQŞ Yaponiyaning Nagasaka va Hirosima şaharlariga atom bombasi taşlaganida, Yaponiyada yadro quroli yöq edi, şu sabab yadro uruşi bölmagan edi. Bugun, agar yadroviy uruş boşlansa, u qanday böladi va natijasi qançalik halokatli böladi – heç kim aniq modellaştira olmaydi. Lekin aniqki, yadroviy uruşda tomonlar bir-birini kafolatlangan yöq qilişga, öldirişga erişadi. Agar Rossiya va Yevropa örtasida yadroviy uruş bölsa, Yevropaga inson yaşab bölmay qoladigan darajada zarar yetkaziladi.








