12 mart kuni ertalab Rossiyadagi uruşni yoqlovçi telegram-kanallarda Sudja markazida Rossiya bayroğini örnatayotgan harbiylar aks etgan videolar tarqaldi.

Videoyozuvlar tahlili ukrainalik harbiylar şahar hududini butunlay tark etganini tasdiqlaydi.

Conflict Intelligence Team suriştiruv loyihasi asosçisi Ruslan Leviyev ham «amalda hozirning özidayoq butun Sudja şahri Rossiya qöşinlari nazoratiga ötdi, deyiş mumkinligi»ni aytib, Ukraina qurolli kuçlari bölinmalari öz pozitsiyalarini uyuşgan tarzda tark etayotgani va ruslar hududlarni deyarli jangsiz qaytarib olayotganini ta’kidladi.

«Biz Rossiya qöşinlari nazoratiga bosqiçma-bosqiç ötgan barça hududlar deyarli jangsiz qölga kiritilganiga guvoh böldik. Sudja bilan ham şunday böldi. Keça [11 mart kuni] şaharning şarqiy çekkasida Rossiya qöşinlari joylaşgani haqida videoyozuvlar paydo böldi. Bugun biz Rossiya qöşinlarini şaharning bu çekkasida köryapmiz. Yana heç qanday jang lavhalari yöq... Aslida, hozirning özidayoq aytiş mumkinki, butun Sudja şahri Rossiya qöşinlari nazoratiga ötdi», – dedi Leviyev.

U yaqin soatlar içida Ukraina harbiylari Kursk oblastini butunlay tark etişini taxmin qilgan: «Ehtimol, bu hikoya bugun tugar. Ehtimol, yana bir-ikki kun çegaradagi qişloqlarni uşlab turişga urinişar. Ammo umuman olganda, Kursk platsdarmi tarixi nihoyasiga yetmoqda va Ukraina qöşinlari ketmoqda».

Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin bölgan Rybar telegram-kanali ham Ukraina qurolli kuçlari sönggi bir neça kun içida özining eng tajribali bölinmalarini Kursk oblastidan uyuşgan tarzda olib çiqib, Donetsk oblastiga köçirgani haqida yozgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ertalabki kundalik hisobotida beşta aholi punkti ozod qilingani haqida xabar bergandi – bular Kazaçya Loknya, 1-Knyajiy, 2-Knyajiy, Zamoste va Mirniy. Ularning dastlabki uçtasi Sudjadan şimolda, oxirgi ikkitasi janubdan şahar bilan bevosita çegaradoş. Şu bilan birga, ma’lumotda Sudjaning özi haqida heç narsa aytilmagan.

Kiyev Rossiya armiyasining Kursk oblastidagi hujumiga rasman heç qanday izoh bermayapti. «RBK-Ukraina» Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi 10 va 11 mart kunlari rasman e’lon qilgan kundalik jang xaritalarida Ukraina harbiylari nazoratidagi hudud maydoni sezilarli darajada qisqarganiga e’tibor qaratgan.