Yevropa Çempionlar Ligasida 1/8 final bosqiçi yakunlandi. 

Madrid derbisida «Atletiko» öz uyida «Real»ga 27-soniyadayoq gol urib, umumiy hisobni tenglaştirdi. Ikkinçi bölimda mehmonlar vingeri Vinisius penaltidan foydalana olmadi. Şundan söng öyin qöşimça bölimlarga ötdi va unda ham ğolib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa yana «qaymoqranglilar» ğolib çiqişdi — mezbonlardan Alvares va Lorente xatoga yöl qöydi. 

Dastlabki öyinda çorakfinal masalasini deyarli hal qilgan «Arsenal» PSVga qarşi javob bahsida asosiy futbolçilariga dam berdi va durang qayd etdi. 

«Aston Villa» esa 17-daqiqadayoq kamçilikda qolgan «Bryugge»ga yana 3 ta gol urdi, Asensio dublga erişdi. 

Öz uyida «Lill» bilan durang öynagan «Borussiya» Fransiyada irodali ğalabaga erişdi va çorakfinalga yöl oldi. 

Şu tariqa çorakfinalning barça juftliklari ma’lum böldi:

«PSJ» — «Aston Villa»
«Arsenal» — «Real»
«Barselona» — «Borussiya D»
«Bavariya» — «Inter»

YeÇL. 1/8 final
Javob öyinlari. 12 mart
Atletiko — Real 1:0
Penaltilar seriyasi — 2:4.
Gol: Gallaher (1). 
Aniq ijro etillmagan penalti: Vinisius (70). 
Atletiko — Oblak, Lorente, Ximenes, Langle (Le Norman, 91), Mandava (Aspilikueta, 98), Simeone (Korrea, 89), De Paul (Molina, 90+4), Barrios, Gallaher (Lino, 85), Grizmann (Syorlot, 89), Alvares. 
Real — Kurtua, Valverde, Asensio, Ryudiger, Mendi (Garsiya, 83), Modriç (Vaskes, 65), Çuameni (Kamavinga, 65), Bellinghem, Rodrigo (Dias, 79), Vinisius (Endrik, 115), Mbappe.
Ogohlantirişlar: Çuameni (39), Vinisius (59), Simeone (66), Langle (69), Aspilikueta (113), Vaskes (115), Lorente (115). 
Birinçi öyin — 1:2.