AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellogg muzokaralardan çetlatildi. Bunga Kreml talabi sabab böldi, deb yozdi NBC News.
Iste’fodagi general-leytenant Kellogg yaqinda Saudiya Arabistonida Rossiya va Ukraina rasmiylari iştirokida bölib ötgan ikki sammitda qatnaşmadi, garçi muzokaralar uning vakolatiga kirsa ham.
Kremlga yaqin bölgan yuqori martabali rossiyalik amaldorga köra, Rossiya prezidenti Putin Kelloggni «öta ukrainaparast» deb hisoblaydi. «Kellogg Ukrainaga juda yaqin bölgan sobiq amerikalik general. U «bizning odam emas, biz izlayotgan obröga ega emas», dedi rasmiy.
Tramp ma’muriyati rasmiysi Rossiya Kelloggning muzokaralarda iştirok etişini istamaganini tasdiqladi.
80 yoşli Kellogg avvalroq Ukrainani qurollantiriş va mudofaasini kuçaytiriş orqali uruşni tugatişni taklif qilgan edi. Şu orqali «Rossiyaning öt oçişni töxtatiş yoki tinçlik kelişuvidan keyin yana oldinga siljimasligi yoki yana hujum qilmasligi» kafolatlanişini ta’kidladi.
18 fevral kuni Ar-Riyozda AQŞ-Rossiya muzokaralarida Kelloggning örniga Davlat kotibi Marko Rubio, milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Maykl Uols, Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff va Yaqin Şarq böyiça maxsus elçi Stiv Uitkoff iştirok etdi.









