MEED naşri maʼlumotiga köra, Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamğarmasi - PIF uşbu loyiha yuzasidan quriliş kompaniyalariga murojaat qilgan. Jarayonni jamğarmaning şuʼba korxonasi - Tower District Real Estate Development Company olib bormoqda.

Bozorni örganiş jarayoniga tajribali xalqaro pudratçilar va Saudiyaning bir qator yirik quriliş kompaniyalari taklif etilgan. Bu bosqiç ehtimoliy ijroçilarning imkoniyatlari va loyihaga qiziqişini baholaşga qaratilgan.

Ikki kilometrlik minora Ar-Riyod çekkasida barpo etilişi rejalaştirilayotgan yangi markaziy işbilarmonlik hududining asosiy inşooti böladi.

© PIF / HKS

PIF 2025-yil iyun oyida uşbu hudud böyiça loyihani boşqariş va maslahat xizmatlarini körsatişga qiziqqan kompaniyalardan takliflar olgan. Mazkur şartnoma minora qurilişini ham, uning atrofidagi işbilarmonlik hududini yaratiş jarayonini ham boşqarişni qamrab oladi.

Xabarga köra, uşbu xizmatlar böyiça tenderda iştirok etiş uçun AQŞning Aecom, Jacobs, Parsons va Turner, şuningdek, Britaniyaning Mace kompaniyalariga taklif yuborilgan.

Loyiha meʼmori sifatida Britaniyaning Foster & Partners byurosi tanlangan. Byuro 2022-yil oxirida eʼlon qilingan xalqaro tanlovda ğolib bölgan.

Rejalaştirilayotgan balandlik - 2 ming metr. Bu dunyodagi eng baland bino hisoblangan «Burj Xalifa» balandligidan qariyb 2,4 baravar köp. Minora Saudiyaning Jidda şahrida qurilayotgan, balandligi bir kilometrdan oşişi közda tutilgan osmonöpar binodan ham ança baland bölişi kutilmoqda.

Mintaqada öta baland binolar qurilişi xarajatlarini avval baholagan pudratçilarning hisob-kitoblariga köra, ikki kilometrlik minorani barpo etiş taxminan 5 milliard dollarga tuşişi mumkin. Yakuniy qiymat loyihaning tasdiqlanadigan yeçimlariga boğliq böladi.

Minora va uning atrofidagi markaziy işbilarmonlik hududi Project Rise deb nomlangan. U Ar-Riyod şimolidagi North Pole yirik kompleks quriliş loyihasining bir qismi hisoblanadi.

Hozirça xabarda qurilişni boşlaş va yakunlaşning aniq muddatlari keltirilmagan.