Içki işlar, Soğliqni saqlaş vazirliklari xodimlaridan işçi guruh xorijda ota-onasi qaramoğidan mahrum bölgan Özbekiston fuqarolarining bolalarini Taşqi işlar vazirligi kömagida vatanga qaytariş maqsadida navbatdagi xizmat safariga Rossiyaga jönab ketdi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Hozirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Içki işlar vazirligi hamda Özbekistonning konsullik muassasalari bilan hamkorlikda Moskva, Sankt-Peterburg, Astraxan, Volgograd, Irkutsk, Çelyabinsk, Vladivostok va Ulyanovsk şaharlarida, şuningdek, Moskva, Leningrad, Oryol, Smolensk va Vladimir oblastlarida ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan 30 nafar bolaning hujjatlarini rasmiylaştiriş işlari olib borilmoqda.
Voyaga yetmagan bolalarning doimiy röyxatdan ötgan joyidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari olib kelinayotgan bolalarni oilaviy muhitga qaytariş böyiça çora-tadbirlar körmoqda. Reja asosida:
- 23 nafar voyaga yetmagan bola ota-onasiga topşiriladi,
- 5 nafar bola qarindoşlarining vasiyligiga beriladi,
- 2 nafari muqobil joylaştiriş şakllariga ötkaziladi.
Ma’lumot uçun, yil boşidan beri xorijda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan 10 nafar bola vatanga qaytarilgan.
Avvalroq Novosibirsk şahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Rossiyaning Tomsk oblastida oğir kasallikka çalingan Özbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgan edi.








