«Men seşanba kuni prezident Putin bilan gaplaşaman. Dam oliş kunlari köp iş qilindi», – dedi Tramp jurnalistlarga Floridadan Vaşingtonga uçayotgan samolyoti bortida (iqtiboslar Reuters agentligi tomonidan keltirilgan).
«Köramiz, biz bu uruşga çek qöya olamizmi. Balki uddalay olarmiz, balki yöq, lekin öylaymanki, bizda juda yaxşi imkoniyatlar bor», – dedi AQŞ prezidenti.
Öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralarda qanday yon berişlar körib çiqilişi mumkinligi haqidagi savolga Tramp şunday javob berdi: «Biz yer haqida gaplaşamiz. Biz elektr stansiyalari haqida gaplaşamiz» (OAV u Zaporijjya AESni nazarda tutganini taxmin qilmoqda).
«Öylaymanki, ikkala tomon, Ukraina va Rossiya allaqaçon köp narsalarni muhokama qilgan. Biz allaqaçon bu haqda, ma’lum aktivlarni bölişiş haqida gapiryapmiz, ular buning ustida işlamoqda», – deya qöşimça qildi AQŞ prezidenti.
Tramp gap aynan qanday aktivlarni bölib oliş haqida ketayotgani va bunday kelişuvlar vaqtinçalik bölişi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.
Kreml vakili Dmitriy Peskov jurnalistlarga şunday dedi: «Ha, bu haqiqatan ham şunday. Seşanba kuni şunday muloqot ötkazilişiga tayyorgarlik körilmoqda». U qöşimça tafsilotlarni berişdan boş tortdi: «Biz heç qaçon bunday qilmaymiz, heç qaçon voqealardan oldinga çiqib ketmaymiz».
BBC diplomatik muxbiri Jyeyms Lendeylning xabar berişiça, Kiyevdan olingan ma’lumotlarga köra, hozirda «tinçlik evaziga yer» tamoyiliga asoslangan uzoq muddatli kelişuv muhokama qilinmayapti. Aksinça, tomonlar öt oçişni töxtatiş töğrisida kelişuvga erişilgan taqdirda, tutaşuv çiziqlari qayerdan ötişi kerakligi haqida gapirişmoqda, deydi Lendeyl.
Ukraina öz hududlari Rossiyaning bir qismi sifatida qonuniy tan olinişiga heç qaçon rozi bölmasligini bir neça bor ta’kidlagan.
Moskva va Jiddadagi muzokaralar
Tramp 11 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda şahrida bölib ötgan AQŞ-Ukraina muzokaralarida Ukraina rozi bölgan 30 kunlik öt oçişni töxtatiş taklifi Putin tomonidan qöllab-quvvatlanişiga erişişga harakat qilmoqda. Undan oldinroq, 18 fevral kuni Saudiyaning boşqa bir şahri, Ar-Riyodda AQŞ-Rossiya uçraşuvi bölib ötgandi.











