Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Özbekiston böylab tadbirkorlar örtasida ötkazgan sörovlari asosida 2025 yil fevral oyidagi biznes muhitini tahlil qildi.
Biznes muhitining özgarişi indekatori Germaniyaning IFO instituti metodologiyasiga asoslangan bölib, sörovlarda korxona rahbarlari işlab çiqariş dinamikasi, talab, narxlar va boşqa körsatkiçlar asosida tadbirkorlik faoliyatidagi joriy va kutilayotgan özgarişlarga baho beradi.
Fevral oyidagi tahlillar xulosasiga köra, Özbekistonda umumiy biznes muhiti indeksi 2 bandga oşib, 54 bandga yetgan. Biroq ötgan yilning mos davriga nisbatan bu indeks 2 bandga pasaygan. Tadbirkorlarning soliq stavkalari bilan boğliq xavotirlari ortgan. Şu bilan birga, ayniqsa sanoat va quriliş sohalari vakillarining işonçi sezilarli oşgan.

Sörovnoma natijalariga köra, respondentlarning 48 foizi biznesning joriy holatini “qoniqarli” deb baholagan, bu yanvar oyiga nisbatan 5 foiz yuqori bölib, ijobiy tendensiyadan darak beradi.
Bundan taşqari, sörov iştirokçilarining 49 foizi sönggi uç oy davomida tovarlar va xizmatlarga bölgan talab barqaror bölib qolganini qayd etdi. Bunday respondentlar uluşi ötgan oyga nisbatan 7 foizga yuqori.
Biznes muhitining yaxşilanişini kutayotgan tadbirkorlar köpaymoqda. Umuman olganda, 73 foiz tadbirkor özining biznes şaroitlari haqida optimistik fikrda ekanini bildirgan.
Şu bilan birga, narxlar pasayişini kutayotgan respondentlar uluşi yanvardagi 4 foizdan 6 foizgaça oşgan. Bu ham iqtisodiy muhitda barqarorlikni körsatadi.
Biznesning hozirgi holati
Joriy biznes holati indeksi bir oy davomida 1 bandga yaxşilandi va 40 bandni taşkil etdi. Sohalar tahlili sanoat va qurilişda ijobiy özgarişlarni körsatmoqda: bu sohalarda indeks mos ravişda 7 va 5 bandga kötarilib, 51 va 45 bandga yetdi.
Şu bilan birga, qişloq xöjaligi sektori ikki poğonaga pasayib, 25 bandga tuşdi. Xizmat körsatiş sohasi esa 44 bandda saqlanib qoldi.
Biznesning istiqboldagi kutilmalari







