Vladimir Putin Rossiya sanoatçilar va tadbirkorlar ittifoqining (RSPP) yalpi majlisida nutq sözladi. U sanksiyalarning Rossiya iqtisodiyotiga ta’siri, xorijiy biznesning Rossiyaga qaytişi, Rossiya yalpi içki mahsulotning ösiş sur’atlari böyiça Yevropadan qançalik oldinda ekanligi haqida gapirdi. «Vot Tak» naşri Putinning asosiy bayonotlarini e’lon qildi.
- Rossiyaga qarşi 28 595 ta sanksiya qöllandi. Bu boşqa mamlakatlarga kiritilgan sanksiyalarning umumiy miqdoridan ham köp. Karrasiga köproq. Ammo sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotida, jumladan, moliya sektorida ijobiy özgarişlar uçun katalizator böldi.
- Sanksiyalar yumşatilgan taqdirda ham Ğarb Rossiyaga pand beriş uçun boşqa sabablarni topadi. Ğarb endi uyalmayapti va Moskvaga yangi sanksiyalar paketlari bilan oçiqçasiga tahdid qilmoqda, «ular bu paketlarni ketma-ket yaratmoqda».
- Dunyoda töliq savdo erkinligiga umid qilmaslik kerak. Endi işlar heç qaçon avvalgidek bölmaydi.
- Yevropaning aksar davlatlari öz suverenitetini yöqotib, ham iqtisodiyot, ham xavfsizlik sohasida muammolarga duç kelmoqda. Iqtisodiyotiga kelsak, ular odatda deyarli nolga teng ösiş sur’atlariga ega yoki hatto retsessiyaga kirmoqda.
- BRICS mamlakatlari sönggi yillarda global ösiş böyiça yetakçi bölib kelmoqda. 2024 yilda yevrohududda yalpi içki mahsulot ösişi 0,9 foizni, G7 mamlakatlarida 1,9 foizni, BRICS mamlakatlarida 4,9 foizni taşkil etdi. Rossiyada ikki yil ketma-ket 4,1 foiz.
- «Katta yettilik» nima uçun «katta» deb atalişi noma’lum. U xaritada körinmaydi.
- Rossiya öz bozoridan heç kimni quvib çiqarmadi, kompaniyalar öz ixtiyori bilan ketdi. Ba’zi kompaniyalar qaytişni rejalaştirmoqda, ammo xalaqit bermaslik uçun bu haqda hali gapirmaymiz.
- Rossiyada faoliyatini töxtatgan xorijiy kompaniyalar röyxatini yangilaş, şuningdek, mamlakatimizda biznesni vijdonli va mas’uliyatli olib borişning majburiy kafolatlari bilan ularning qaytişini muvofiqlaştiriş tartibini işlab çiqiş zarur.
- Rossiyadagi aktivlarini taşlab ketgan Ğarb biznesiga bu aktivlarni arzon-garovga qayta sotib olişiga yöl qöymaslik kerak.
- Rossiya biznesi Ğarb kompaniyalarining Rossiya bozoridan çiqib ketişidan oqilona foydalandi va bozorning böşagan joylarini egalladi. Joyi egallangan Ğarb kompaniyalari uçun «poyezd jönab ketdi». Endi qaytib kelganlar uçun heç qanday imtiyoz yoki yon bosiş bölmaydi.








