Samarqandda umuman yöq narsani ham sotiş mumkin: quruvçilarga «layfhak»
|18:16 / 25.07.20265 74810 min
Samarqand şahri markazida arzon kvartiralar va’da qilindi, xaridorlar bilan şartnomalar tuzildi, millionlab sömlik tölovlar qabul qilindi. Oradan uç yil ötgaç esa davlat organlari bu hududda köp qavatli uy qurilişi uçun zarur hujjatlar mavjud bölmaganini ma’lum qildi.
Kun.uz yuzlab murojaatçilar, mas’ul idoralar va rasmiy hujjatlar asosida mazkur holatni örgandi.
Şahar markazidagi Ibn Xaldun va Al-Xorazmiy köçalari kesişmasida joylaşgan böş yer maydoni bir neça yil avval yuzlab oilalar uçun orzu manzili sifatida taqdim etilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan reklamalarda bu yerda zamonaviy köp qavatli turar joy majmuasi qurilişi, kvartiralar esa bozordagi narxlardan ança arzon taklif qilinayotgani aytiladi.
2022 yilda taşkil etilgan «GOLD HAUSE IDDK» mas’uliyati çeklangan jamiyati aynan şu loyihani ijtimoiy tarmoqlarda faol tarğib qilgan. Kompaniya vakillari Samarqand şahri tarixida bunday arzon narxda kvartiralar taklif qilinmaganini ta’kidlab, xaridorlarni aksiyalar va bölib-bölib tölaş imkoniyatlari bilan jalb qilişga uringan.
«Özbekiston tarixida heç kim bunday narx qilmagan. Samarqand şahri tarixida ham bunday narx bölmagan. 56 kvadratli uyni 20 ming dollarga, 70 kvadratli uyni 24 ming dollarga beramiz», deyiladi kompaniya reklamalaridan birida.
Reklamalarda bölajak turar joy majmuasining maketlari, quriliş maydoni va kelajakda barpo etiladigan binolar namoyiş qilinadi. Murojaatçilarning aytişiça, ularga aynan hozirgi kotlovan joyi quriliş maydoni sifatida körsatilgan.
Mavzuga oid
«Reklamaga işondik»
Kun.uz suhbatlaşgan murojaatçilarning deyarli barçasi qaror qabul qilişda ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar hal qiluvçi ahamiyatga ega bölganini aytmoqda.
Ularning sözlariga köra, kompaniyaning sotuv ofisi aynan quriliş maydoni qarşisida faoliyat yuritgan. Xaridorlar şu yerda qabul qilingan, kvartiralar tanlangan, şartnomalar rasmiylaştirilgan va tölovlar qabul qilingan.
«Reklama orqasidan men ham singillarimga uy olib beraman deb keldim. Bizga qurilişni boşidan oxirigaça bitkazib berişlari haqida va’da qilişdi. Kamron Tösiyevning özi bilan uçraşganmiz. Şartnoma tuzilgan, kvitansiyalar ham qölimizda», deydi Ra’no Jaynakova.
Yana bir fuqaro esa mablağni mol-holini sotib, qarz olib tölaganini aytadi.
«Men dehqonman. Mol-qöylarimni sotdim, qarz böldim, şunday qilib pulni olib kelib berdim. Reklamaga işondik», deydi Ilhom Bahriyev.
Hammasi rasmiydek tuyulgan
Murojaatçilarning aytişiça, ularning aksariyatida loyihaning qonuniyligiga şubha tuğilmagan.
Sotuv ofisi, muhr bosilgan şartnomalar, rasmiy kvitansiyalar, devorlardagi davlat ramzlari va katta hajmdagi reklama kampaniyasi odamlarda işonç uyğotgan.
«Prezidentning rasmlari, bayroqlar osilgan, katta ofis edi. Haqiqiy kompaniya deb öyladik. Hujjatlarni ham körsatişdi. Şuning uçun işondik», deydi murojaatçilardan biri.
Kompaniya xaridorlarga kvartiralar 2025 yil oxirigaça topşirilişini va’da qilgan. Biroq vaqt ötişi bilan odamlar kutgan quriliş boşlanmaydi. Oylar, yillar ötadi.
Murojaatçilarning aytişiça, har safar ularga «yana biroz kutiş», hujjatlar rasmiylaştirilayotgani yoki quriliş yaqin orada tezlaşişi haqida tuşuntiriş berilgan.
Şundan keyin xaridorlar orasida savollar köpaydi. Ular mas’ul davlat idoralariga murojaat qilişga qaror qiladi.
«Bu yerda umuman köp qavatli uy qurilişi rejalaştirilmagan»
Kompaniya vakillari avval quriliş yaqin orada boşlanişini aytgan bölsa, keyinroq turli sabablarni keltira boşlagan. Ayrimlarga qöşni hovlilar sotib olinayotgani, boşqalariga esa hujjatlaştiriş işlari davom etayotgani aytilgan.
Biroq vaqt ötişi bilan xaridorlarning şubhasi ortadi va ular davlat idoralariga murojaat qila boşlaydi.
Kun.uz suhbatlaşgan Samarqand viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasi mas’ullarining aytişiça, 2025 yil yozida fuqarolardan uşbu ob’yekt böyiça köplab murojaatlar kelib tuşgan.
Şundan söng mutaxassislar hududni örganadi. Ma’lum bölişiça, Ibn Xaldun va Al-Xorazmiy köçalari kesişmasida joylaşgan mazkur yer uçastkasida köp qavatli turar joy qurilişi nazarda tutilmagan.
Boşqarma bu haqda aholini ogohlantiriş maqsadida maxsus videolavha ham tayyorlab, 2025 yil 29 sentyabrda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qiladi. Videoda mas’ullar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklamalarga işonib qolmaslikka çaqirgan.
Bu bayonot yuzlab murojaatçilar uçun mutlaqo kutilmagan xabar bölgan. Çunki ular kvartira xarid qilganida aynan şu hududda köp qavatli uy qurilişi boşlanganiga işontirilganini aytmoqda.
Şundan keyin mazkur holatga Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi ham aralaşadi. Inspeksiya tekşiruvi davomida yana bir kutilmagan holat paydo böladi.
«GOLD HAUSE» boşqa korxona ob’yektini körsatib odamlardan pul olgan
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspeksiyasiga köra, Ibn Xaldun va Al-Xorazmiy köçalari kesişmasidagi mazkur yer uçastkasida quriliş işlari tegişli ruxsat etuvçi hujjatlarsiz amalga oşirilgan.
Kun.uz bilan suhbatda inspeksiya mas’ullari uşbu yerda köp qavatli turar joy qurilişi uçun belgilangan tartibda ruxsat berilmaganini ma’lum qildi.
Şuningdek, tekşiruv davomida mazkur hududda quriliş işlarini endi boşqa yuridik şaxs – 2024 yilda taşkil etilgan «YUKSEL GROUP SAM» mas’uliyati çeklangan jamiyati amalga oşirayotgani qayd etilgan.
Inspeksiyaning ma’lum qilişiça, ruxsatsiz ravişda kotlovan qaziş va beton işlarini bajariş holatlari aniqlangan. Şu munosabat bilan kompaniya rahbariga nisbatan ma’muriy çora qöllangan.
Şu örinda yana bir savol paydo böldi. Çunki Kun.uz suhbatlaşgan yuzlab murojaatçilarning barçasi kvartiralarni «GOLD HAUSE IDDK» bilan tuzilgan şartnomalar asosida xarid qilganini aytmoqda.
Tölov kvitansiyalarida ham aynan şu kompaniya nomi körsatilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar ham şu kompaniya nomidan tarqatilgan. Inspeksiya hujjatlarida esa mutlaqo boşqa yuridik şaxs – «YUKSEL GROUP SAM» qayd etilgan.
Ya’ni bir tomonda fuqarolar bilan şartnoma tuzgan va mablağ qabul qilgan kompaniya, ikkinçi tomonda esa tekşiruv hujjatlarida tilga olingan boşqa kompaniya.
Kun.uz davlat reyestri ma’lumotlarini ham örgandi. Unga köra, «GOLD HAUSE IDDK» va «YUKSEL GROUP SAM» mas’uliyati çeklangan jamiyatlarining ta’sisçilari va rahbarlari turliça körsatilgan.
Rasmiy ma’lumotlarda ular örtasida töğridan töğri korporativ boğliqlik qayd etilmagan. Biroq biz tasvirga olgan kadrlarda yana bir e’tiborli holat közga taşlandi. Hozirda «YUKSEL GROUP SAM» faoliyat yuritayotgan ofis binosida «GOLD HAUSE IDDK» logotipi ham saqlanib turibdi. Bino fasadida har ikki kompaniyaning logotiplari joylaşgan.
Bu holat mazkur ikki kompaniya örtasida munosabat bölgani haqidagi savollarni yuzaga çiqarmoqda.
Voqeaga Samarqand şahar hokimligi ham munosabat bildirdi.
Hokimlik axborot xizmatiga köra, mazkur quriliş şahar hokimligi bilan kelişilmagan, belgilangan tartibda zarur ruxsat etuvçi hamda loyiha hujjatlari rasmiylaştirilmagan.
Munosabatda, şuningdek, uşbu şaxslar fuqarolardan kvartira sotiş maqsadida mablağ jalb qilgani ham qayd etilgan.
Şu tariqa, bir-birini töldiruvçi bir neçta rasmiy manba – Quriliş boşqarmasi, Quriliş inspeksiyasi va şahar hokimligi mazkur hududda quriliş uçun zarur huquqiy asoslar mavjud bölmaganini ma’lum qildi.
«Endi bizga uy kerak emas, pulimizni qaytarib berişsin»
Murojaatçilarning aksariyati endi kvartira olişdan umidini uzganini aytmoqda. Ularning asosiy talabi – yillar oldin tölagan mablağlarini qaytarib oliş.
Ayrimlar kompaniyaga pulni qaytariş haqida ariza ham bergan. Biroq ularning aytişiça, hozirgaça biror natija bölmagan.
«2025 yil avgust oyida pulni qaytariş haqida ariza yozganman. Lekin şu kungaça bir söm ham olganim yöq», deydi Jaloliddin Esanmurodov.
Boşqa bir fuqaro esa kvartira uçun yillar davomida töplagan mablağini töliq tölab bölganini aytmoqda.
«Uç yil mehnat qilib, uyli-joyli bölaman deb yurdik. Bugun esa ikki kelin bilan ukamning uç xonali uyida yaşayapmiz. Borgani boşqa joyimiz yöq», deydi Amin Azimov.
Bu mojaro ortida har bir oilaning öziga xos dardi bor.
Murojaatçilardan biri qizi aynan şu voqealardan keyin kuçli ruhiy zarba olganini sözlab berdi. Uning aytişiça, qizi kvartira uçun qarz olib mablağ tölagan. Keyinçalik quriliş amalga oşmasligi ma’lum bölgaç, soğliği yomonlaşgan.
Yana bir ayol esa turmuş örtoği mablağlar taqdiridan qattiq xavotirga tuşganidan keyin yurak xurujidan vafot etganini aytdi.
«U doim öğlim köçada qoldi, pullarimiz nima böladi, deb yurardi. Keyin yuragi çidamadi», deydi Binobar Azimova.
Boşqa bir murojaatçi esa bu voqealardan keyin otasidan ayrilganini aytdi.
«Kompaniya bilan boğliq voqealarni eşitib, qattiq xavotir olgandi. Keyin yuragi bardoş bermadi», deydi u.
Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasiga köra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi törtinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Şuningdek, jinoyat işi doirasida aybdor şaxslarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Uşbu voqea köçmas mulk bozorida çiroyli reklama, zamonaviy maket yoki haşamatli ofisning özi yetarli kafolat emasligini yana bir bor körsatdi.
Mutaxassislar ta’kidlaganidek, xonadon xarid qilişdan avval yer uçastkasiga bölgan huquq, şaharsozlik hujjatlari va qurilişga berilgan rasmiy ruxsatnomalarni tekşiriş har bir xaridor uçun muhim ahamiyatga ega.