Uçtepa tumanidagi quriliş maydonida 10 dan ortiq daraxt ğoyib böldi. “Kotlavan” qazilayotganda tuproq öpirilib, daraxtlar qöporilib tuşgan va heç kim xabardor etilmay, sirli ravişda olib ketilgan. Köp qavatli uy qurilayotgan maydon avval avtoturargoh bölgan. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasiga köra, uşbu qurilişga ruxsat berilmagan.
Uçtepa tumanida 10 dan ortiq daraxt yöq qilindi. Tumanning Boğobod mahallasidagi hudud quriliş qiliş maqsadida örab olingan. Tahririyatga kelib tuşgan videoga köra, 2024 yilning oxirlarida hududda qator daraxtlar bölgan. Ammo 2025 yilga kelib, örab olingan maydondagi daraxtlarning aksariyati ğoyib bölgan. Kun.uz fuqarolarning murojaatiga asosan voqea joyida böldi.
Mahallada yaşovçi ayrim fuqarolarning aytişiça, daraxtlar quriliş boşlanmasidan oldin kesib ketilgan va undan köpçilikning xabari bölmagan. Mahallada istiqomat qilayotgan ayolning ma’lum qilişiça, yöq qilingan daraxtlar 20-25 yillik bölgan. Hozirda yöl toraygan, yuk maşinalari harakatlanganda fuqarolarning ötib-qaytişiga noqulaylik tuğdiradi hamda atmosferaga çang kötariladi.
“Men şu mahallada 2000 yildan beri yaşayman. Bu hudud avval avtoturargoh bölgan. Qança odamning maşinalari turardi. Qurilişga aholi dod deyapti. Tinçlik yöq, hozir yöllarning ahvolini kördingiz. Heç kim aholi roziligini söragani yöq. Bu yerda daraxtlar bor edi, hozir yöq qilindi. Avtoturargoh bölib, heç kimga xalaqit bergani yöq edi”, deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan Oynisa Abdualiyeva.
Uçtepa tuman Ekologiya bölimi inspektori Mirjamol Yöldoşev Kun.uz’ga holat yuzasidan izoh berdi.
“Uçtepa tumani 15-mavze 7-a uy yonidagi bir neça tup daraxt yöq bölib qolganligi böyiça joyiga çiqib örgandik. Holat 4 fevral kuni bölgan. Örganişga köra, “kotlavan” qaziş vaqtida tuproq öpirilib tuşgan va 6 tup zarang daraxti ham qöporilib ketgan. Biz hududga kelganimizda, daraxtlarning yöq ekanligi ma’lum böldi. Huquqbuzar ma’muriy javobgarlikka tortilgan”, deydi Mirjamol Yöldoşev.
Kun.uz’dagi videoda körinişiça, daraxtlar yöq qilinişidan oldin atrofi devor bilan örab olingan bölgan. Mirjamol Yöldoşev esa daraxtlar devordan taşqarida bölganligini bildirdi. Uning qöşimça qilişiça, qöporilib tuşgan zarang daraxtlari juda tez közdan ğoyib bölganligi bois ularni qayerga, kim olib ketgani noma’lum. Şu sababli tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini aniq hisoblaşning imkoni bölmagan. Huquqbuzarga bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravari, ya’ni 9 mln 375 ming söm jarima tayinlangan.






